Rektor_va_yoshlar

Rektor_va_yoshlar


Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Baxodir Sobirovga Xatirchi va Qiziltepa tumanlari hamda Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi jami 37 nafar vaqtincha ishsiz va nogironligi bo‘lgan yoshlar biriktirilgan. Ular bilan mas’ullar tomonidan aloqa o‘rnatilgan va muntazam ravishda xabar olib kelinmoqda. 

Xususan, rektor B.Sobirov mahalladagi sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashib, ularning holidan xabar oldi. Yoshlarning muammolaridan kelib chiqib tegishli yordam ko‘rsatilishi belgilandi.

Jumladan, Xatirchi tuman 73-maktab 11-sinf o‘quvchisi, “Xo‘jaqulobod“ mahallasida yashovchi 2005-yilda tug‘ilgan Xolboyeva Durdona Shuxrat qizining holidan xabar olinganda uning orttirilgan bosh kasalligidan aziyat chekishi ma’lum bo‘ldi. D.Xolboyevaning muammosi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ijobiy hal qilinishi belgilandi.

“Istiqlol“ mahallasida istiqomat qiluvchi 2005-yilda tug‘ilgan Hamdamova Ruxsora Gʻayrat qizini ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish belgilandi.

“Bogʻchakalon“ mahallasida yashovchi Jizzax politexnika instituti talabasi Xushvaqov Feruzbek Farhod oʻgʻli bilan ham suhbat o‘tkazilib, unga Zomin sog‘lomlashtirish markaziga yo‘llanma olib berish va onasi Z.Yaxshiyevaning ko‘zlarini viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan operatsiya qilish belgilandi.

NavDPI Matbuot bo‘limi


Report Page