Rektor va fakultet matbuot kotiblari uchrashuvi

Rektor va fakultet matbuot kotiblari uchrashuvi

Саъдуллах


Bugun universitetimiz rektori ishtiroklarida fakultet matbuot kotiblari bilan kichik uchrashuv bo'lib o'tdi.


Suhbatimiz jarayonida:

Fakultet bloger talabalariga kanalni yana ham rivojlantirish, jalb qilinganlik darajasini oshirish;

•Nega talabalarning rasmiy sahifalardan zerikishayotgani va buning oldini olish haqida kreativ takliflar;

•Talabalarning universitet kanallarini kuzatishlari uchun diqqat konsentratsiyalarini yig'ishda marketingning roli;

•Jurnalistikadan xabardor ustozlardan endilikda biz matbuot kotiblari uchun master-klasslar o'tib berilishining qisqacha sxemasi;

•Va albatta, rektorimiz tomonidan berilgan stimulyatsiya talabalarning yangi ishlariga "start tugmasi" bo'lib xizmat qiladi, degan umiddamiz.

P.S. Uchrashuvni tashkillashtirgan Universitetimiz bosh matbuot kotibi Otabek Jalolovga kreativ, original g'oyalar uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Barcha matbuot kotiblariga omad tilab, pedagogika fakulteti media rahbari Sa'dullayeva Shahzoda.


Kanalga ulanish: @Pedagogika_buxdu


Report Page