Registon ansambli va Shohi Zinda majmuasi “Diqqatga sazovor turistik obyektlar butunjahon ro‘yxati”ga kiritildi.

Registon ansambli va Shohi Zinda majmuasi “Diqqatga sazovor turistik obyektlar butunjahon ro‘yxati”ga kiritildi.

Samarqand viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi

Bugun Samarqanddagi Registon ansamblining Ulug‘bek madrasasida “Turistik diqqatga sazovor obyektlar butunjahon ro‘yxati”ga kiritilganligi to‘g‘risida sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sertifikatlarni topshirish marosimida Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Piskurev hamda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov ishtirok etdilar.

Samarqanddagi Registon ansambli va Shohi Zinda majmuasi “Turistik diqqatga sazovor obyektlar butunjahon ro‘yxati”ga kiritildi.

2017 yilning 7 noyabr kuni Turkiya Respublikasining Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Madaniyat, fan va taʼlim kengashining ikkinchi sessiyasida “Jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi uchun turistik diqqatga sazovor joylarni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Konvensiya qabul qilindi.

Konvensiyani amalga oshirish doirasida Turizmning jozibadorligi va turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha xalqaro qo‘mita tuzildi.

Xalqaro qo‘mita faoliyatining asosiy masalalaridan biri turistik diqqatga sazovor joylarni ommalashtirish, jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi manfaatlari yo‘lida turistik hududlarni targ‘ib qilishdan iborat.

Xalqaro qo‘mitaning faoliyati xalqaro, mustaqil, nodavlat, nosiyosiy xarakterga ega bo‘lib, BMTning taʼlim, fan va madaniyat bo‘yicha asosiy hujjatlari, Yevroosiyoda turizm va sayohatlar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi (Antaliya konvensiyasi) hamda “Jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi manfaatlari yo‘lida turistik diqqatga sazovor joylarni targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi konvensiyalarga asoslanadi.

Muayyan obyektni maxsus turistik diqqatga sazovor joylarning Jahon ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qaror Turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha xalqaro qo‘mita sessiyasi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.

Bugungi kunga qadar O‘zbekistonning 4 ta tarixiy diqqatga sazovor joylari ushbu ro‘yxatga kiritilgan.





 



Report Page