Registon Fan Olimpiadasi

Registon Fan Olimpiadasi

@Registan_Qoratosh

Shayxontohur tumanida joylashgan umumtaʼlim maktablarining 6-11-sinf o’quvchilari uchun Registon olimpiadasini oʼtkazish tartibi toʼgʼrisida


NIZOM

I.  Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Nizom Registon olimpiadasi loyihasini oʼtkazish va unda qatnashish tartibini, tashkiliy hamda uslubiy taʼminotini, gʼoliblarni tanlash mezonlarini belgilaydi.

1.2.    Registon olimpiadasi loyihasini oʼtkazishdan asosiy maqsad “Registon” ta’lim loyihasiga o’quvchilar ichidan bilimli, natija ko’rsatishimizga yordam beradigan iqtidorlarni tanlab olish hisoblanadi. Bir fan doirasida eng yaxshilarning bir joyda to’planishi, kuchli ustozdan dars olishi va bir-birlaridan o’rganishi, o’rgatishi, bir maqsad sari harakat qilishi, tabiiy raqobatning borligi, albatta, o’quvchilarni har jihatdan o’sishlariga yordam beradi. Asosiysi, natija bo’yicha samaradorligimizni bir necha martaga oshiradi.

-  Registon olimpiadasi loyihasi bu maktab o’quvchilarining o’zlarining tengdoshlari orasida kuchini sinab ko’rishi uchun eng yaxshi sinov maydonidir. Registon o’quv markazi bilimga chanqoq yoshlarni ham moddiy tarafdan, ham ma’naviy tarafdan qo’llash uchun mazkur loyihani amalga oshirmoqda. Ushbu loyiha doirasida 11 ta yo’nalishda o’quvchilar turli fanlardan chuqurlashtirilgan holda o’qishlari mumkin.Ushbu guruhlarda o’quvchilar o’qishi uchun, kurslarning maxsus imtihonlaridan sinovdan o’tishlari kerak. Sinovdan o’tgan o’quvchilar maxsus tayyorgarlik ko’rish uchun Registon olimpiadasi loyihasi guruhlariga joylashtiriladi.

1.3. Registon olimpiadasi loyihasini oʼtkazishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-  Fan yo’nalishlarini tanlagan yoshlarning bu fanlarni chuqur va muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari uchun Registon o’zida bor imkoniyatlarining barchasini ishga solishi, Registon olimpiadasi loyihasidan o’tgan barchani oliygohga va litseylarga kafolatli kirishini ta’minlash, ichki imtihonlarni yuqori ballar bilan topshirishiga yordamlashish hisoblanadi;

1.4.    Registon olimpiadasi loyihasi Registon o’quv markazi tomonidan tashkil etiladigan loyiha hisoblanadi.

1.5. Registon olimpiadasi loyihasi uchun har bir fan o’zining kvotasini belgilaydi. Fan  kvotalarni aniqlashda o’zidagi imkoniyatlardan kelib chiqadi va uni belgilashda mustaqildir.

1.6. Registon olimpiadasi loyihasi to’liq offlayn shaklda filial binosida yoki filial joylashgan hududdagi ta’lim muassasasida o’tkazilishi mumkin (ro’yxatdan o’tganlar ko’payib ketsa, filialga sig’may qolsa, biror maktabda ham o’tkazish mumkin).

1.7.    Registon olimpiadasi loyihasida 6-11-sinfga ko’chgan o’quvchilar asosiy auditoriyamiz bo’ladi.

 

Registon olimpiadasi loyihasida qatnashish barcha ishtirokchilar uchun ixtiyoriy va  bepuldir.

 

II.  Registon olimpiadasi loyihasini tashkil etish va oʼtkazish muddati

 

2.1.  Registon olimpiadasi loyihasi Shayxontohur tumani bo’ylab o’tkaziladi. Qoratosh filiali hodimlari o’zlari joylashgan hududda ushbu loyihaning targ’ibotini tashkil etib, maxsus bot orqali ro’yxatdan o’tgan o’quvchilar bilan bog’lanib ularga imtihon haqida ma’lumotlar berib turadi.

 

2.2.  Olimpiada loyihasi quyidagi muddatda va bosqichlarda oʼtkaziladi.

 

a)      Birinchi bosqich. Registon olimpiadasi loyihasini targ’ibot qilish ishlari 24-oktabrdan boshlanadi. Bunda filial xodimlari maktablarning 6-11 sinflariga kirib, (Xalq ta’limi bo’limini xabardor qilgan va ruhsatnoma berilgan holda), olimpiada haqida ma’lumot beradilar.

Birinchi bosqichga ajratilgan muddat: 24-oktabrdan 3-noyabrgacha.

b)    Ikkinchi bosqich. Olimpiadaga qatnashish istagini bildirgan yoshlarni maxsus ro’yxatga olish ishlarini tugallash. Bunda markazga bog’langan o’quvchilarga menejerlar bog’lanib chiqadi va ota-onalar ham xabardor qilinadilar.

Ikkinchi bosqichga ajratilgan muddat: 4-5-noyabr kunlari.

 

c)  Uchinchi bosqich. Aniq ro’yxatdan o’tgan va qatnashish istagini bildirgan o’quvchilarni markazga chaqirib, imtihon olinadi. Imtihon 6-noyabr kuni bo’lib o’tadi. İmtihon 50 ta test savolidan iborat bo’lib, har bir to’g’ri javobga 2 ball beriladi.

Registon olimpiadasi loyihasi natijalari: 13-noyabrgacha filialga tegishli telegram kanalida e’lon qilinadi. Vaucherlar uchun eng kam ball sifatida 76 ball olinadi. Ya’ni, agar yuqori uchlikka kirgan o’quvchilar ham 76 balldan past ball yiqqan bo’lsalar, vaucher taqdim qilinmaydi.

 

2.3          Registon olimpiadasi loyihasi tadbirlarini amalga oshirish uchun Tashkiliy qoʼmita  tashkil etiladi. Tashkiliy qoʼmita quyidagi vazifalarni bajaradi:

Registon olimpiadasi loyihasi oʼtkazish tartibini tasdiqlaydi;

- Imtihon materiallarini tuzadigan ustozlar jamoasi tarkibini shakllantiradi;

Registon olimpiadasi loyihasi tadbirlarini Respublika miqyosida muvofiqlashtiradi;

Registon olimpiadasi loyihasi hakamlari hayʼati bilan birgalikda Registon olimpiadasi loyihasi natijalari asosida yakuniy qarorlar qabul qiladi;

 

2.4         Registon olimpiadasi loyihasining Imtihon materiallarini tuzadigan Ustozlar  jamoasi:

- Registon olimpiadasi loyihasi oʼtkazilishi uchun imtihon savollarini ishlab chiqadi;

- Registon olimpiadasi loyihasi topshiriqlarini baholash mezonlarini belgilaydi va  tasdiqlaydi;

- Registon olimpiadasi loyihasi ning har bir bosqichi natijalari boʼyicha tashkiliy qoʼmitaga hisobot topshiradi.

 

III. Registon olimpiadasi loyihasi bo’yicha qaysi yo’nalishlarda imtihonlar bo’ladi va imtihon materiallari tuzilishi va  tekshirilish jarayoni

 

3.1.    Imtihon quyidagi yo’nalishlarda bo’ladi.

1.   Matematika (o’zbek va rus tillarida)

2.  General English va IELTS o’quvchilar uchun maxsus (o’zbek va rus tillarida)

3.   Kimyo (o’zbek va rus tillarida)

4.   Biologiya (o’zbek va rus tillarida)

5.   Tarix (o’zbek va rus tillarida)

6.   Ona tili va adabiyot (faqat o’zbek tilida)

7.    Rus tili va adabiyoti (faqat rus tilida)

8.  Huquq (o’zbek va rus tillarida)

9. Fizika (o’zbek va rus tillarida)

10. Geografiya (o’zbek va rus tillarida)

3.2.  Imtihon materiallari Registon tomonidan ajratilgan mablag’ hisobidan maxsus mutaxasislar tomonidan tuziladi. Bir fan uchun 2 mutaxassis, biri tuzuvchi, biri eksperti sifatida o’sha fanning imtihon materiallari to’g’ri tuzilganligi va saviyasiga javobgar bo’lishadi. Butun fanlarning imtihon materiallariga javobgar shaxs Muhammad Yusuf Hakimjonov hisoblanadi. Muhammad Yusuf Hakimjonov  imtihondan ikki kun avval barcha fanlardan imtihon materiallarini oxirgi tekshiruvdan o’tkazadi va chop qiladi.


Imtihon materiallari quyidagi tartibda tuziladi:

-       Har bir fan bo’yicha 50 ta test savoli tuziladi;

-       Tuzuvchi o’zi tuzgan testning to’g’riligi va sifatiga mas’ul bo’ladi;

-       Testni ekspertizadan o’tkazuvchi mutaxasis butun o’sha fandan tuzilgan testlarning to’g’ri va sifatiga javobgar bo’ladi;

-       1-2-3-darajali sodda testlardan iborat bo’ladi;

-       Fanning fundamental asosi bo’lgan mavzulardan tuziladi;

-       Testlar mantiqiy o’ylashga majbur qiladigan shaklda tuziladi;

-       Testlar o’quvchilarning IQ darajasini tekshira oladigan holatda bo’ladi;

-       Ingliz tili (IELTS) uchun imtihon materiallari elementary darajasidagi barcha

bo’limlarni qamrab olgan tayyor materialdan foydalaniladi.

 

3.3.  Imtihon testlarning tekshirilishi va natijalarini e’lon qilinishi

-       Vaucherlar uchun eng kamida 76 ball yig’ishi kerak. (Istisno: agar ba'zi fanlardan ushbu ball yig'ilmagan taqdirda, eng yuqori ko'rsatkichlar tanlab olinadi)

-       Imtihon tugagach, menejerlar imtihon varaqalarini yig’ib oladi

va tekshirib chiqishadi;

-       Testlar filialning o’zida imtihon materiallari bilan berilgan kalit yordamida tekshiriladi;

-       O’quvchining natijasi har bir fan doirasida alohida chiqariladi.

-       Natijalar sinflar kesimidan qat’iy nazar, umumiy chiqariladi. Chunki har bir sinf o’quvchisiga o’ziga mos variantlar beriladi.

-       Fanlardan 36 baldan yuqori olgan o’quvchi markazda o’qish uchun hujjat topshirishi mumkin.

-       76 balldan yuqori olib, vaucherlarni qo’lga kiritgan yoki 36 balldan yuqori ball yig’ib, Registonda o’qish huquqini qo’lga kiritgan o’quvchilardan maxsus guruhlar tuzilib, 14-noyabrdan darslar boshlanadi.

-       Olimpiadada qatnashgan o’quvchilar markazda tashkillashtirilgan oylik imtihonlarda yuqori 3 likdan joy olib, imtiyozli o’qishni davom ettirishlari mumkin.


3.4.    Registon olimpiadasi loyihasi imtihoni natijalaridan qoniqmaganlar apellyatsiya berishlari mumkin. Natijalar e’lon qilingandan so’ng, o’quvchi 48 soat ichida filial direktori nomiga ariza bilan murojaat qilib, o’zining test savollari va javoblarini qayta ko’rib chiqishni so’rashi mumkin.

 

III.  Registon olimpiadasi maxsus guruhida bo’lish imtiyozlari

 

-       O’quvchilar imtihon asosida tanlab olinadi, saralanganlar orasida o’qish muhitiga ta’sir qiladi va boshqalar bilan birgalikda tezroq o’sish imkonini beradi;

-       Registon olimpiadasi uchun maxsus dasturlarda darslar beriladi, ushbu dasturlar yillar davomida ishlab chiqilgan. Natijadorligi isbotlangan;

-       Darslar tajribali ustozlar tomonidan o’tiladi;

-       Ijobiy ta’lim atmosferasi yaratiladi;

-       Maxsus kitoblar, testlar va qo'llanmalar bepul beriladi;

-       Maxsus Grantlarga ega bo'lish (bepul o'qish) imkoniyati;

-       Har yakshanba qo'shimcha darslar va imtihonlar;

-       Har oyning yakunida maxsus sinov imtihonlari;

-       Olimpiadalar va turli tanlovda ishtirok etish;

-       Master klasslar, trening va o'quv-semenarlar;

-       IELTS va Co-working (support) zonalarning mavjudligi;

- Asosiy ustozdan tashqari akademik-yordamchi ustozlar mavjudligi (ikkinchi ustoz).


 IV. Registon olimpiadasi loyihasida grantda o’qish

 

5.1.   Registon olimpiadasi loyihasida eng yuqori ball olgan o’quvchilar uchun maxsus grantlar beriladi. Ushbu grantlar Registonda o’qish uchun bir martalik balansni to’ldirish maqsadida beriladi. Grant vaucher shaklida beriladi, bu Registonda bepul  o’qish imkonini beradi.

5.2.   Registon olimpiadasi loyihasi uchun grant eng kamida 86 baldan yuqori olgan o’quvchilarga taqdim qilinadi. Agar shu fandan imtihon topshiruvchilar orasida 86 baldan yuqori olgan o’quvchi bo’lmasa, grant berilmaydi, lekin 36 baldan yuqorilar ushbu loyiha g’olibi bo’ladi va maxsus guruhlarga olinadi.

5.3. Bir o’quvchi bitta fandan grant sohibi bo’lishi mumkin.

5.4. Registon olimpiadasi loyihasi uchun granti eng yuqori ball to’plagan har bir fandan 30 nafar o’quvchiga ballariga qarab beriladi. Agar o’quvchilar bali baravar kelib qolsa, unda bir xil ball to’plaganlar uchun alohida yozma ish shaklida imtihon olinadi.

5.5. Registon olimpiadasi loyihasi uchun grant miqdori har bir fandan nafar o’quvchiga, har bir fan bo’yicha 4 000 000 (to'rt million) so’mdan, jami 40 000 000 (qirq million) so’mlik vaucherni tashkil qiladi.

5.6.  Registon olimpiadasi loyihasi uchun grant keyingi oylarda Oylik imtihonlarda eng yuqori ball olgan o’quvchilarga berish bilan davom yetadi. Oylik imtihonlarda beriladigan grantlar fanlar bloklarining jami yig’iladigan ballariga qarab beriladi.

5.7.  Registon olimpiadasi loyihasi uchun grant bir fan doirasida ikki tilda, o’zbek va rus tillarida, o’tkazilsa-da, grant ularning natijalari ummumashtirilganligi hisobidan faqat bir fan doirasida 10 nafar qatnashchiga beriladi. Ya’ni matematika fanidan o’zbek va rus tillarida imtihon topshirgan qatnashchilarning natijalari umumlashtiriladi va shunga mos ravishda 10 nafar grant sohibi aniqlanadi.

5.8.   Grantlar fanlar kesimida, quyidagicha miqdorda taqdim qilinadi:


Demak, har bir fan doirasida 4 000 000 so’mlik grant belgilangan va 10 ta fan doirasida jami 40 000 000 so’mlik grantlar vaucher ko’rinishida beriladi.

 

5.9. Grantlar har bir fanga alohida belgilanadi va ularning sonini belgilashda 15%gacha o’zgartirish kiritish imkoni berilgan. Ya’ni o’quvchi kam yo’nalishlarda grantlar sonini tushirilishi ham mumkin. Lekin grantsiz ushbu loyihani o’tkazishi mumkin emas. Yoki aksincha o’quvchi ko’p qatnashgan yo’nalishlarda grantlar soni va miqdorini oshirishi mumkin.


Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, hoziroq Olimpiada uchun Ro'yxatdan o'ting:

Ro'yxatdan o'tish



Report Page