Referendumga bag'ishlangan seminar o'tkazildi

Referendumga bag'ishlangan seminar o'tkazildi

Amudaryo tumani adliya bo'limi

Bugun tuman hokimligining majlislar zalida tuman hokimi o'rinbosari G.Saburova, Adliya bo’limi bosh maslahatchisi  N.Jumaniyazova hamda mahalladagi xotin-qizlar faollari ishtirokida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi va umumxalq referendumi targ'ibotiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda xotin-qizlar faollariga Konstitutsiyaviy Qonun loyihasidagi o'zgarishlar hamda 30 aprel kuni bo'lib o'tadigan muhim siyosiy jarayon va uning ahamiyati to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.



Report Page