Referendum — xalq irodasining hayotiy ifodasi.

Referendum — xalq irodasining hayotiy ifodasi.

Shumanoy tumani adliya bo'limi YXKM

Bugun 27-mart kuni Shumanay tumani Adliya bo'limi YXKM boshlig'i B.J.Utemuratov va bosh yuriskonsult N.P.Kazakbaeva tomonidan tumandagi Tibbiyot birlashmasida targ'ibot tadbiri amalga oshirildi. Tadbirda referendum xalq irodasining bevosita ifodasi ekanligi, referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘lishi, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir degan konstitutsiyaviy tamoyilga asoslanib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Konstitutsiyani qabul qilish xalqning irodasiga havola qilinishi xalq hokimiyatchiligi konstitutsiyaviy prinsipini amalga oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir.

Konstitutsiyaning bu matni olim-u mutaxassislar tomonidan faqat kabinetlarda yaratilmasdan, balki, dastavval ikki bosqichda xalqimizning fikri, takliflari o‘rganilib, shundan so‘nggina Konstitutsiya loyihasi tayyorlanganligi, birinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasini shakllantirish uchun fuqarolarimiz 60 mingdan ziyod taklif berib, ularning taxminan har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olganligi, ikkinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilib, Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmoqlari orqali loyiha bilan 5 million aholi tanishib chiqib, 150 mingdan ortiq taklif va mulohazalar kiritilganligi aytib o'tildi.

Shu bilan birga, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshganligi, ya’ni, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortganligi va xalqimiz takliflari asosida yangilanganligi, Konstitutsiyada O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilganligi va boshqa kiritilgan o'zgarishlar batafsil tushuntirildi.

Shumanoy tumani adliya bo'limi YXKM.

Report Page