📖Reading challenge 1/50.

📖Reading challenge 1/50.

Malik Abdulloh

1/50. Birinchi kitob: "Can't hurt me" by David Goggins.


Bu kitobda David Goggins qanday qilib iroda, aqliy chidamlilik va qattiq mehnat, jamiyatning quyi pag'onasidagi shaxsni Amerikaning eng oldi atletlaridan biriga aylanganligini tushuntiradi. 


Har birimizni ichimizda o'zimizni shaytonimiz yoki nafsimiz deymizmi, ichki ovoz bor. U bizga doimo eslatib turadi: seni bu holatingda qolishinga sabab bu ota-onangni kambag'al ekanligi, seni xunukliging, oriqliging, semizliging, seni qishloqda tug'ulganliging, seni yaxshi maktabda o'qimaganliging yoki atrofingda qo'llab quvvatlovchi odamlaring yo'q va boshqa bahona sabablar bor ekanligini. 


Aynan, David Goggins o'z hayoti misolida deyrali 140 kg vaznli, intelektual sust fikrlovchi, o'qish-yozishni quyi sinf maktab o'quvchisi darjasida biluvchi, kunlik hayoti bahonalarga to'la, dangasa insondan dunyodagi eng chidamli insonga aylanish yo'lida bosib o'tkan tajriba va xulosalarini bayon qiladi.


Quyida kitobdan olgan asosiy mulohazalarim:


- Bu hayotda ko'pchiligimiz eng qisqa va oson yo'lni bo'sib o'tish bilan maksimal foyda keltiradigan harakatlar tizimini izlamoqdamiz. Masalan, qani endi kuniga 2 soat ishlab haftasiga 5000$ pul topsam, qani endi 10 minut bir mashq qilsamda Instagramdagi eng oldi fitness modeldanda qomatim chiroyli bo'lib ketsa yoki qani endi 10 sahifali bir kitob bo'lsada bu orqali butun Kardiologiyani tushunib olsam. Agar, yuqorida sanalgan narsalarga kunlik intizom va qattiq mehnatsiz erishgan odamni ko'rsangiz bilingki, bu insonni Xudo siylapti. Ammo, aksariyat hollarda biz orzu qilgan moliyaviy kamchiliklardan holi hayot, bir sohadagi chuqur bilim, tajriba yoki o'sha qaddi qomat kunlar, haftalar, oy va yillar mobaynida qilingan qattiq mehnat samarasidan boshqa narsa emas. Xulosa, agar bu hayotda biror maqsading bo'lsa va unga boradigan aniq rejang bo'lsa qattiq mehnat qilmas ekansan, bu maqsad maqsadligicha qolib ketadi.


- Ko'pchiligimiz o'z kamchiliklarimizni boshqalarga bildirmaslikka, yashirishga harakat qilamiz. Bu yashirish orqali o'zimiz ham bu o'zimiz o'ylab topgan aldovlarimizga ishonamiz. Shu orqali o'sha kamchiliklarimizni to'g'rilamasdan yillar o'tib ketadi. Goggins kitobda o'zimizga haqiqatni aytishni o'rgatadi. Semizmisan tan ol semizsan va buni ustida ishla - yugurishga chiq, ovqatlanishingni to'g'rila. Dangasamisan tan ol dangasasan. Necha marotaba ertaga qilaman deb ortga surgan ishlaringni ertaga deb qilmay qo'ygansan? Tan ol va qilaman deb reja qilgan ishingni qilmaguningacha uxlama. Bu ko'nikma siz bilan bizga o'z kamchiliklarimizni anglamay yana ko'plab energiya va vaqt yo'qotishizdan saqlab qoladi. Xulosa, o'zinga haqiqatni aytishni o'rgan, o'zingni kamchiligingni boshqalardan eshitgandan ko'ra o'zingdan eshitib, to'g'rilaganing shaxs sifatida rivojlanishinga foydasi ahamiyatliroq.


- Katta yutuqlarga erishishdan avval senda uchqun sifatida kichik g'alabalar bo'lishi kerak. O'zingni kichik g'alabalaringni katta maqsadlaring yo'lida yoqilg'i sifatida ishlat. Masalan, institutga o'z mehnating orqali grand kirganing, 1 sutka o'tirib 80 paraghrafli kitobni tugatganing, kecha trenajorda 110 kg deadlift qilganing yoki aytaylik IELTSdan 7+ olganing. Bu natijalarni eslash, shaxsga maqsad yo'lidagi qiyinchiliklarda taslim bo'lmaslikka chorlaydi, seni qo'lingdan bundan avvalgi ish kelgan bunisi ham keladi degan ma'noda. Xulosa, oldingi yutuqlaringdan keyingi maqsadlaring uchun poydevor sifatida foydalan!


🪐O'qilish shart bo'lgan kitob, chindanda hayotingizni va fikrlashingizni o'zgarishiga sabab bo'luvchi kitob, aqliy chidamlilikni oshiruvchi kitob, biror ishingizni tugatmagungacha uxlashga qo'ymaydigan insonga aylantiruvchi kitob.


Malik Abdulloh
04.12.2023
Tashkent



Report Page