ReactJS haqida qisqacha ...

ReactJS haqida qisqacha ...

PDP.uz | Administration
ReactJS

React bu - Facebook tomonidan yaratilgan, UI (User Interface) yaratish imkonini beruvchi front-end Javascript texnologiyasidir. Bu platforma dasturchilarga o’zining komponentlarga asoslashgan arxitekturasi bilan judayam qo’l keladi. Avvallari bunday imkoniyat faqat Java yoki C# dasturlash tillarida mavjud edi.


React kabi javascript platformalari hozirgi kunda ko’plab topiladi. Masalan EmberJs birinchi bo’lib UI framework sifatida dunyo yuzini ko’rdi, ammo, judayam og’ir ishlashi tufayli hozirgi kunda deyarli ishlatilmaydi. Undan so’ng AngularJs yaratildi va front-end chilar orasida ommalasha boshladi. Hozirgi kunda murakkab strukturaga ega bo’lgan web da ishlovchi ko’plab texnologiyalar, jumladan Google Drive, Google Docs, Google Sheets va boshqalar AngularJs yordamida yaratilgan. AngularJS boshqa yangi framework larga solishtirganda o’rganish uchun biroz qiyinchilik tug’diradi va hozirgi kunda faqatgina katta kompaniyalar beradigan ish e’lonlaridagina dasturchilardan talab qilinadi. AngularJS dan so’ng yaratilgan texnologiya bu React bo’lib, raqobatchi texnologiyalardan farqi o’zining judayam yengil va o’rganish uchun osonligidadir. Eng oxirgi yaratilgan Javascript front-end UI framework bu VueJS. Bu texnologiya ham hozirgi kunda judayam ommalashib bormoqda. Ammo React ning VueJs dan afzal tomoni shundaki, u dasturchilarga mobil aloqa telefonlariga, yani Android va iOS operatsion sistemalarida ishlovchi qurilmalarga React Native platformasi orqali dastur yozish imkonini beradi.

ReactJS ayni paytda dasturchilar tomonidan eng ko’p qo’llaniladigan front-end framework hisoblanadi. Ushbu maqolada uchta eng mashxur front-end texnalogiyalarini statistikasi berib o’tilgan. Maqoladan ko’rinib turibdiki, React ko’plab sohalarda o’z raqiblarini ortda qoldiradi. ReactJS dasturchilari tomonidan minglab tayyor holga keltirilgan komponentlar yaratilgan bo’lib, bu Sizga ishni muddatidan avvalroq yakunlash imkonini beradi.


Ibrohim Bahromov

Report Page