Rasstegai somsasi

Rasstegai somsasi



πŸ”Έ Ushbu somsalarni tayyorlab ko'ring hamda reseptni saqlab olishni unutmang.‼️


πŸ§‘β€πŸ³ Kerakli masaliqlar:

Xamir uchun:

βœ… Un – 550-600 g (4 stakan)

βœ… Margarin yoki saryog' – 100g

βœ… Sut – 125ml

βœ… Suv – 125 ml

βœ… Tuxum – 2 dona

βœ… SHakar – 1 osh.q

βœ… Drojj – 2 ch.q (5g)

βœ… Tuz – 1 ch.q


πŸ§‘β€πŸ³ Nachinkasi uchun:

βœ… Kalbasa varene- 100 gr

βœ… Sir- 100 gr

Xoxishga kura yana o'zgarishlar qilishingiz mumkin!

πŸ§‘β€πŸ³ Usti uchun:

βœ… Tuxum – 1 dona

βœ… Kunjut – ta'bga ko'ra


πŸ§‘β€πŸ³ Tayyorlanishi:

Dastlab rasstegay uchun xamir tayyorlaymiz. Idishga yarim stakan iliq suv va yarim stakan iliq sut quyamiz. So'ngra tuxumni ham chaqib solib, 1 osh qoshiq shakar, 2 choy qoshiq drojj va 1 choy qoshiq tuz qo'shamiz.


β€” YAxshilab aralashtirib, eritilgan margarin solamiz-da, yana aralashtiramiz. So'ngra unga 4 stakan oliy navli unni ikki marta elakdan o'tkazib solamiz. Xamirimiz qo'lga yopishmaydigan va silliq bo'lgunicha qo'limiz bilan ishlov beramiz.


β€” So'ngra salofan-paket bilan o'rab, 1 soatga oshib chiqquncha olib qo'yamiz. Endi nachinkasini tayyorlaymiz. 1 dona yirikroq piyozni mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz, 2 dona yirik kartoshkani ham xuddi shunday qilib to'g'raymiz.


β€” Tovadagi yog'da piyozni yumshatib qovurib, so'ngravketidan yog'siz qiyma va kartoshkani ham solib, qovuramiz. Ziravorlar va tuz solib ta'mini sozlaymiz. Qiyma to'liq pishishi shart emas, kartoshkasi pishsa bo'ldi. Nachinkasini olib qo'yib, xamirimizni olib, teng 18 ta bo'lakka bo'lib chiqamiz.


β€” Har bir xamirimizni yoyib ichiga 1 osh qoshiq to'la qilib nachinkasini solib chiqamiz. Xamirning ikki chetini buklab, chiroyli qilib tugamiz. Listni pergament qog'oz bilan yopib, shu qog'oz ustidan somsalarimizni orasini ochib joylashtirib chiqamiz. Ustini salofan va sochiq bilan yopib 15 daqiqaga olib qo'yamiz.


β€” Duxovkani 180Β°C ga sozlaymiz. So'ngra somsalarni ustiga tuxum sarig'ini surtib, kunjutlarni sepib chiqamiz. So'ng duxovkada 30 daqiqa davomida qizartirib pishirib olamiz. Somsalarimiz tayyor.


turkona_cooking sahifasidan olindi.

Yoqimli ishtaha, azizlar❀️

@kunlik_retseptlar kanali

Report Page