Raspberry Pi - haqida

Raspberry Pi - haqida

Umidjon Kenjayev
Raspberry Pi - haqida


Ushbu maqolada ko'pchilik dasturchi va giklarning sevimli "o'yinchog'i"ga aylangan, kichik kompyuterlar orasida o'z o'rniga ega va eng mashhuri bo'lgan Raspberry Pi va uning oilasi haqida ma'lumotlar beriladi. Raspberry Pi - yakka platali bank plastik kartalari kattaligidagi juda qulay va ko'plab ajoyib imkoniyatlarga ega bo'lgan kompyuter bo'lib, "Raspberry Pi Foundation" tomonidan yaratilgan.


Ushbu kompyuter qurilmani yaratuvchilari o'ylagandan ham kattaroq natijalarga erishdi va juda qisqa muddatda tez mashhur bo'lib ketdi. Bunga asosiy sabab qilib esa, uning juda arzonligi va ishlatishda judayam oddiyligini ko'rsatish mumkin. Quyida Raspberry Pi oilasiga kompyuterlarning ro'yxati keltirilgan:

VersiyasiE'lon qilinga sanaProtsessorChastotaYadrolar soniTezkor xotiraGPIOUSBEthernetWiFiBluetooth:

"A" 2013-yil fevralARM1176JZ-F700MHz256 MB26 ta pin1 ta portyo'q.

"A+" 2014-yil noyabrARM1176JZ-F700MHz256 MB40 ta pin1 ta portyo'q.

"B" 2012-yil aprelARM1176JZ-F700MHz512 MB26 ta pin2 ta portbor.

"B+" 2014-yil iyunARM1176JZ-F700MHz512 MB40 ta pin4 ta portbor.

"2B" 2015-yil fevralARM Cortex-A7900MHz41 GB40 ta pin4 ta portbor.

"Zero" 2015-yil noyabrARM1176JZ-F1GHz512 MB40 ta pin1 ta port mini USB OTG

"3" 2016-yil fevralARM Cortex-A53 x641,2GHz41 GB40 ta pin4 ta portbor802.11n4

"Pi 4" 2020-yil eng yangi versiyasi taqdim etildi...

Kompyuterdan foydalanish uchun unga qo'shimcha ravishda quti, tok manbai va flesh xotira sotib olish kerak bo'ladi.


Ushbu kompyuter uchun maxsus Debian Linux operatsion tizimi asosida aynan ARM'lar uchun optimizatsiya qilingan Raspbian operatsion tizimi yaratilgan. Uning tarkibida, Midori veb brauzeri, Open Office ofis muharriri va ko'plab boshqa kerakli dasturlar mavjud. Ushbu operatsion tizimi va uning tarkibidagi hamma dasturlar ochiq kodli bo'lib, mutloq bepul, ulardan foydalanish uchun pul to'lash zaruriyati yo'q.


Raspberry Pi HDMI yordamida kompyuter monitoriga yoki oddiy televizorga ulab, undan foydalanish mumkin. Yoki bo'lmasa unga tarmoqdan ulanish imkoniyati ham mavjud. Bunda putty(yoki kutty) dasturi eng qulayi hisoblanadi.


Uning eng qiziq va boshqa mini kompyuterlardan ajralib turadigan tarafi undagi GPIO (general purpose input/output) portlaridir. Ushbu portlar bilan Raspberry Pi yordamida har xil qurulmalarni dasturiy kod yordamida boshqarish mumkin. Raspberry Pi turiga qarab undagi pinlari soni har xil bo'ladi. Pinlar sonini yuqoridagi jadvaldan ko'rishingiz mumkin.


Raspberry Pi dan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin? Umuman olganda bu kompyuterga ko'pchilik giklar kichik bir hobby, qiziqish sifatida qarashadi. Balkim shundaydir. Lekin internetda Raspberry Pi yordamida yaratilgan ko'plab qurilmalarni ko'rish mumkinki, uning imkoniyatlariga lol qolish hech gap emas. Uning yordamida asosan uy uchun media server, aqlli uy, qo'l-bola planshet, turli xil robotlar, 3D printerlar, "server"lar klasterlari va boshqa ko'plar qiziqarli qurilmalar yaratilgan. Siz o'zingizga yoqgan loyihani kodi va chizmalarini ko'chirib olishingiz va o'zingiz yasashingiz mumkin.

Video


http://t.me/roboshopuz

Quyida Raspberry Pi asosida yaratilgan 10 ta loyihani ko'rishingiz mumkin:


Bizning telegramdagi rasmiy kanalimiz: http://t.me/roboshopuz

Telegram

http://t.me/roboshopuz


Report Page