Rasmiy xabar: “Haj – 2024” mavsumi 23-maydan boshlanadi

Rasmiy xabar: “Haj – 2024” mavsumi 23-maydan boshlanadi


Oʻzbekistonda haj mavsumi 2024-yil 23-maydan boshlanadi. Respublikamizdan Saudiya Arabistoni Podshohligiga shu yil 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Mamlakatimizning 10 ta hududiy aeroportidan toʻgʻridan-toʻgʻri Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Fargʻona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina aviareyslari orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi. Barcha parvozlar “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika jamoatchilik kengashi joriy mavsumga tayyorgarlik ishlarini turli yoʻnalishlarda jadal davom ettirmoqda. Jumladan, ziyoratchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash, guruh rahbarlarini biriktirish, safar oldi mashgʻulotlar oʻtkazish, shifokorlar va oshpazlar guruhini jalb etish hamda safar hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Ushbu mavsumga puxta tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida, dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga yetib borib, ayni kunlarda barcha tashkiliy ishlarni bajarmoqda.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati

Report Page