Rasmiy munosabat: jarima miqdori aslida qancha edi ?

Rasmiy munosabat: jarima miqdori aslida qancha edi ?


Rasul Kusherbayev telegram kanalida "Bu inson bola chaqasi bilan yashashga uy qurish ortidan qamalishga ham tayyor" sarlavhasi ostida murojaat yo‘llangan. Mazkur videomurojaatda fuqaroga chiqindixona o‘rnida hashar yo‘li bilan ikki xonaga uy qurmoqchi ekani va bu qurilish oqibatida dastavval 50 mln so‘m, so‘ng yana 8 mln so‘m jarima qo‘yilgani taʼkidlangan.

Aslida tuman kadastr idorasining harakat ketma-ketligi qanday bo‘lgan va jarima miqdori qanchani tashkil etgan ?

Demak, 06.05.2023 yilda o‘kazilgan monitoring nazorat tadbirida Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Markaziy mfy, Navro‘z ko‘chasi raqamsiz uyda yashovchi fuqaro M.A Yangiyo‘l tumani, Yangi-xayot massivi, Baytish mfy hududi, Beshchinor ko‘chasida joylashgan qishloq ho‘jaligi haritasining 203q-konturidan 0,005 gektar tomorqa yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, belgilangan tartibda joylardan ruxsatnoma olmasdan, asossiz 50,0 kv.m uy-joy qurish uchun poydevordan iborat noqonuniy fundament qurib olganligi holati aniqlangan.

  Kadastr agentligi Yangiyo‘l tumani bo‘limi inspektori, mahalla fuqarolar yig‘ini vakili, hokim yordamchisi, Davlat kadastrlar palatasi Yangiyo‘l tumani filiali xodimi va tuman qurilish bo‘limi mutaxassisi ishtirokida aniqlangan holat yaʼni o‘zboshimchalik bilan qurilish qilgan fuqaro M.Aga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida hamda imoratni o‘n besh kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishi va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etish (buzib tashlash) yuzasidan tushuntirishlar berilgan va shu haqda 06.05.2023 yilda (takroran 16.05.2023 yil) dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Biroq, ogohlantirishga qaramay fuqaro M.A tomonidan mazkur qurilma belgilangan muddatda bartaraf etilmagan va buning natijasida 30.05.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksi”ning 60-moddasi 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 8 mln 250 ming so‘m miqdorda jarima jazosi qo‘llanilgan.

  (Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.)

  Shuningdek, Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan fuqaro M.Aga nisbatan 02.06.2023 yilda sudga 01-06-1049-sonli daʼvo arizasi kiritilgan.

  Shundan so‘ng 06.07.2023 yilda fuqaro M.A tomonidan uy-joy qurish uchun qurilgan noqonuniy (fundament) qurilma o‘z hisobidan buzib tashlanganligi holati bo‘yicha joyda dalolatnoma tuzilgan.

  Yuqoridagilardan maʼlumki, kadastr xodimlari huquqbuzarlikka nisbatan belgilangan tartibda hatti-harakat sodir qilgan.

  Shuningdek, hozirda yerga oid huquqbuzarliklarning monitoringini yuritish “Ye-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi va ushbu huquqbuzarlikka oid maʼlumotlar ham mazkur tizimga kiritilgan (Mjtk 60-modda 2-qism bo‘yicha 8 mln 250 ming so‘mlik maʼmuriy jarima).

  Murojaatda fuqaro tomonidan aytilayotgan 50 mln so‘m jarima hech qanday asosga emas va chiqindixona deya taʼkidlanayotgan yer esa qishloq ho‘jaligi haritasining 203q-konturidagi tomorqa yer maydoni yaʼni davlat zahirasidagi yerdir.


Report Page