Rasmiy munosabat
Rasmiy munosabat
Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasining Xorazm viloyat boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “LIMITINGAYAM, ESLATMANGGAYAM, KABINETINGGAYAM DEBDIMI” sarlavhasi ostida yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.
O‘rganish natijasida, Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Xonqa tumani mamʼumuriy binosi kapital taʼmirlashga tushganligi sababli, Xonqa tumani filiali o‘z faoliyatini Xorazm viloyati Xonqa tumani "Olmazor" ko‘chasi 1A-uy manzilida joylashgan Xonqa kasb-hunarga o‘qitish markazining bo‘sh turgan xonalarida ijara asosida olib borgan.
Mazkur video murojaatda ko‘rsatilgan xonada filial boshlig‘i xizmat vazifasini yuritgan. Videoga olish jarayonida filial rahbari mazkur binoda bo‘lib, mutaxassislar xonasida ish jarayonlari bilan tanishayotgan bo'lgan bu bilan xonadagi chiroqlarni o‘chirishni unutgan va bu yuzadan filial rahbari bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirildi.
Shuningdek, murojaatdagi yana bir holat "Xonqalik kadastrining nayrangiga o‘ynayotganlarni ochiqlab boshlaymiz" sarlavhali maqola yuzasidan Rasmiy Munosabat(https://t.me/xorazm_kadastr_press/9511) berib o'tilgani ma'lum qilinadi.