Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

November 27, 2023



Bugun ijtimoiy tarmoqda “В центре Ташкента внезапно огородили забором очередную зелёную зону (https://t.me/Tashkent_land/31555)” sarlavhasi ostida tarqalgan post bo‘yicha Shayxontohur tumani hokimligi matbuot xizmati quyidilarni bildiradi.


▫️Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-sonli qarori     2-ilovasi asosida "ARMES GROUP ENERGY" MChJga tegishli Shayxontohur tumani, A.Qodiriy ko‘chasi 7B-uy manzilida Arxitektura shaxarsozlik kengashining 2023 yil 21 iyuldagi 02-29-sonli bayonnomasiga asosan o‘z yer uchastkasida ko‘p kvartirali turar joy binosi qurish hamda taqdim etilgan dastlabki loyiha xujjatlariga muvofiq, “ToshkentboshplanLITI” DUKning xulosasi talablari asosida, Toshkent shahar favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent shahar Davlat sanitariya va epidemiologiya osoishtalik markazi, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tomonidan ijobiy xulosalarni olish, yondosh joylashgan ob’ektlar bilan oraliq masofalarni saqlash hamda ob’ektni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (ehtiyojga ko‘ra elektr, gaz, suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlari) ulanish to‘g‘risida texnik shartlarni olish sharti bilan o‘zlariga tegishli hududda ko‘p kvartirali turar-joy binosini qurishga 2023 yil 1 avgustdagi 1726277-123675-sonli ruxsatnoma berilgan.


▫️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 aprldagi 200-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan 1726-1726277-67460-sonli ART xujjatlari ishlab chiqilgan, Loyixa xujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023 yil 11 sentyabrdagi 93628576-sonli xulosasi bilan eskiz loyixa xujjatlari kelishilganligini bildiramiz.


Report Page