Rasmiy munosabat
«YouTube» ijtimoiy tarmog‘i orqali qilingan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari tomonidan quyidagilarni ma'lum qiladi.
Murojaatda ko‘rsatilgan Shovot tumani "Qiyot" mahallasida yashovchi fuqaro R.E tomorqa yerida qurilish ishlari qilganligi yuzasidan Kadastr agentligi Shovot tumani bo‘limi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Kadastr agentligi Shovot tuman bo‘limi tomonidan 06.03.2022 yil kuni fuqaro R.E ishtirokida "Qiyot" mahallasi "Guliston" massivida noqonuniy qurilish qilganligi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirib 15 kunlik muddat ichida yer qonun buzilishini bartaraf etib, yer maydonini asl xoliga qaytarishi to‘g‘risida ogohlantirish xati berilgan.
Javobgar qurilish qilingan yer maydoni Shovot tuman hokimining qarori bilan farzandi E.I nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib 16.08.2021 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Shundan keyin Shovot tuman prokuraturasining say-harakatlari bilan Davlat Kadastrlari Palatasining Xorazm viloyat boshqarmasining 15.06.2022 yildagi umumiy yig‘ilish bayoni bilan E.I nomiga Shovot tumani, “Qiyot” qishlog‘i, “Qiyot” mahallasi hududida turar-joy qurish uchun yer maydoniga rasmiylashtirilgan kadastr pasporti bekor qilingan va oradan 15 kun o‘tib Kadastr agentligi Shovot tuman bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudiga 01.07.2022 yilda daʼvo ariza bilan murojaat qilingan va 26.08.2022 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi, o‘z binosida, ochiq sud majlisida,sudya M.J.Xolliev raisligida Shovot tuman, “Qiyot” mahallasida yashovchi javobgar E.R noqonuniy ravishda, tegishli tashkilotlarning ruxsatisiz, Shovot tumani, “Qiyot” qishlog‘i, “Qiyot” mahallasi hududida o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda 465 kv.metr yer maydonida fundament qurganligi va ushbu javobgar tomonidan qurilgan noqonuniy qurilmani uning hisobidan buzib olib, yer maydonini asl holiga keltirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori qabul qilingan.
E.I ning ishonchli vakili E.A, javobgar davlat kadastrlar palatasi Xorazm viloyat boshqarmasining 15.06.2022 yildagi bayonining E.I nomiga rasmiylashtirilgan kadastr pasportini bekor qilish haqidagi qismini haqiqiy emas deb topish haqida ariza bilan murojaat qiladi va Xorazm viloyat yuridik texnikumi binosida, ochiq sayyor sud majlisida, Urganch tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi B.T.Samievning raisligida maʼmuriy ish hujjatlari ko‘rib chiqiladi.
Urganch tumanlar aro maʼmuriy sudi 17.10.2022 yilda hal qiluv qarori bilan Davlat kadastrlar palatasi Xorazm viloyat boshqarmasining 15.06.2022 yildagi bayonining E.I nomiga rasmiylashtirilgan kadastr pasportini bekor qilish haqidagi qismini haqiqiy emas deb topilgan.
Kadastr agentligining Shovot tumani bo‘limi tomonidan Fuqarolik Ishlari bo‘yicha Shovot tumanlar aro sudiga E.Rning nomida bo‘lgan dala tomorqa yer maydonlarida qurilgan 465 kv.metrdan iborat bo‘lgan fundamentni buzib olib yer maydonlarini asl holiga keltirish yuzasidan kiritilgan davo arizasi Davlat kadastrlar palatasi Xorazm viloyat boshqarmasining 15.06.2022 yildagi bayonini chiqarilgandan keyin amalga oshirilgan, shundan keyin Urganch tumanlar aro maʼmuriy sudining 17.10.2022 yilda qarorlari chiqarilgandan keyin fuqarolik sudida daʼvogar sifatida qatnashish ahamiyatsiz bo‘lganligi sababli kadastr agentligining Shovot tuman bo‘limi xodimlarining sudda qatnashmaganligida sudning qaror qabul qilishida hech qanday ahamiyat kasb etmasligini bildiramiz.