Rasmiy munosabat
Joriy yilning 28-iyul kuni Uzdiplomat rasmiy kanali orqali Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi stadion sotilgani, u stadion qurilganiga 80 yildan ortiq vaqt bo‘lgani qanchadan qancha sportchilar qurgani, katta stadion sotilib xaroba bo‘lib yotgani yuzasidan tanqidiy maqola e'lon qilindi.

Ushbu maqolada keltirilgan ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
Shofirkon tumanidagi markaziy o'yingoh 2023-yilda mahalliy va homiylik mablag'lari hisobidan rekonstruksiya ishlari olib borilishi natijasida muhtasham Sport o'yingohi bunyod etildi.




Hozirda ushbu o'yingoh Shofirkon tuman Sport maktabi balansiga o'tkazilgan bo'lib, besh shtat birlik (3 qorovul, 1 xizmatchi, 1 sport ishoot mudiri) ajratilgan.
Shofirkon tuman hokimligi axborot xizmati