Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat


Ijtimoiy tarmoqlarda “Loʼgʼumbekdagi "Аdibaxon onam" oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bola kaltaklangan” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi. 


Mazkur holat yuzasidan MMTB hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, oʼrganish ishlari olib borildi (bu haqida 2023 yil 13 iyun kuni dastlabki maʼlumot eʼlon qilingan). 


Oʼrganish ishlari sudgacha borganligi hozirda sud jaryonlari davom etayotganligi sababli yakuniy xulosani sud qarori bilan berish rejalashtirilgan edi.


Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyuldagi 595-sonli qaroriga asosan, oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 3-7 yoshli bolalar qabul qilinishi belgilab qoʼyilgan. 

Biroq, "Аdibaxon ona" oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, hali 2 yoshga ham toʼlmagan M.ni tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilgan. 


Xolat boʼyicha 2023-yil 15-iyun kuni tarbiyachi M.X hamda yordamchi tarbiyachi D.Xlar lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi sababli ish beruvchi tomonidan vazifasidan ozod etilgan.


Tadbirkordan noqonuniy tartibda 3 yoshga toʼlmagan bola qabul qilganligi uchun Qonun doirasida tegishli choralar ko’rildi hamda keyingi ish faoliyatida bunday noqonuniy xolatlar takrorlanmasligi boʼyicha rasman ogoxlantirildi.


Joriy yilning 14 iyun kuni bolani onasi tomonidan IIBning hududiy profilaktika inspektoriga ariza bilan murojaat qilgan va bolaga boshqa tan jaroxat olgan (kuyish, kaltaklangan, nooʼrin xatti- harakatlar qilingan) degan gumon bilan ekspertizaga berildi. Ekpertiza hulosasi hududiy profilaktika inspektori kapitan Ibragimov tomonidan olinib, fuqarolik sudi Izboskan tumani boʼlimiga oʼrganib, chora koʼrish yuzasidan berildi.


Holat yuzasidan ma’lumotlar tegishli organlarga topshirilgan hamda qonun doirasida o’rganish ishlari olib borilmoqda.


Report Page