Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumani Labzak ko'chasida joylashgan ko'p qavatli uyning tom qismida o'zboshimchalik bilan qurilish ishlari olib borilganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Holat yuzasidan tuman hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Kelib tushgan shikoyat arizalariga asosan tuman qurilish bo'limi, qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi va uy joy inspeksiyasi vakillari tomonidan joyiga chiqib, Labzak ko'chasi, 112-uy, 69-xonadonda olib borilayotgan qurilish ishlari o'rganib chiqildi.
O'rganish jarayonida, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi, 112-uy, 69-xonadon 2022-yil 13-sentyabrdagi oldi-sotdi shartnoma asosida jismoniy shaxs A. R.ga tegishli ekanligi maʻlum bo'ldi.
Shuningdek, yuqori qavatda, yaʻni tom qismini o'zboshimcha egallab, ruxsat beruvchi hujjatlarsiz qo'shimcha qurilish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.
Yuqorida ko'rsatilgan holat bo'yicha tuman Qurilish bo'limi tomonidan fuqaroga nisbatan 2023-yil 14-iyulda tegishli ko'rsatma rasmiylashtirilgan va Uy-joy inspeksiyasi tomonidan 2023-yil 14-iyulda maʻmuriy jazo qo'llash to'g'risida qaror qabul qilinib, fuqaro jarimaga tortilgan.
Hozirgi kunda, mazkur holat bo'yicha tegishli sud organlariga daʻvo ariza tayyorlash jarayonida.