Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

SarvinozTursunova

Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 23 may sanasida ijtimoiy tarmoqlarda Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyatidagi bo‘lim boshliqlari uchun tizimda "Byurokratik yangicha tartib"; "Dam olish kuni dam olgani uchun tushuntirish xati" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasida o‘rganish o‘tkazildi.  

O‘tkazilgan o‘rganish davomida boshqarma boshlig‘i 2023-yil 21-may haftaning yakshanba dam olish kuni ish yuzasidan Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlarida bo‘lib, tumanda bo‘lgan vaqtda agentlikning Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlari bo‘lim boshliqlaridan "Yoshlarni mahallabay yo‘l xaritalari" bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini bilish maqsadida izlagan va ularning telefon raqamlariga bog‘lana olmagan.

Shundan so‘ng 2023-yilning 23-may dushanba kuni boshqarma boshlig‘i boshqarmaning kadrlar bo‘lim boshlig‘iga Yoshlar ishlari agentligining Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumani rahbarlaridan yakshanba kuni telefoni o‘chirilganligi yuzasidan tushuntirish xati olish to‘g‘risida topshiriq bergan va tashkilot rahbari nomiga ushbu tuman bo‘limlari rahbarlarining tushuntirish xatlari talab qilib olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 209-moddasida "Dam olish kunlarida va ishlamaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanishi, agarda kutilmagan qaysi bir ishlarning shoshilinch bajarilishiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha ishni bajarish uchun dam olish kunlari va ishlamaydigan bayram kunlari ishga jalb etish ularning yozma roziligi bilan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Yuqoridagi holatda Yoshlar ishlar agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘iga O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 49-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi sababli Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorat inspeksiyasi tomonidan unga nisbatdan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida maʼmuriy jarima qo‘llanildi.

Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati


Report Page