Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat


Ijtimoiy tarmoqlardagi “Dilshod Safarov” telegram kanalida Muborak tumanidagi ta’lim muassasalarida turli noqonuniy pul yig‘imlari bo‘layotganligi va ta'lim sifati bilan bog'liq chiqarilayogan xabarlar yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi munosabati:

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2023 yil 11 maydagi tegishli buyrug‘i asosida boshqarmaning mas'ul xodimlari va tuzilgan maxsus ishchi guruh ishtirokida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’mirlash ishlari uchun turli pul yig‘imlari o‘tkazilayotganligi masalasi tumandagi 3- va 4-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ayrim sinflaridagi o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazildi.
Jumladan, 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-sinfda 25 nafar o‘quvchidan (sinf rahbari T. U.), 2-sinfda 30 nafar o‘quvchidan (sinf rahbari V. H.), 2-sinfda 31 nafar o‘quvchidan (sinf rahbari T. Sh.) 35 ming so‘mdan pul yig‘ilayotganligi aniqlandi.
3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 3-sinfda 33 nafar o‘quvchidan (sinf rahbari N. M.) 25 ming so‘mdan, 4-sinf 32 nafar o‘quvchidan (sinf rahbari M. L.) 30 ming so‘mdan, 7-sinfda 27 nafar (sinf rahbari A. G.) 35 ming so‘mdan, 7--sinfda 20 nafar o‘quvchidan (sinf rahbari Q. Z.) 30 ming so‘mdan pul yig‘ilayotganligini aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tumanidagi 3- (B.Y.) va 4- (N.N.) umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlariga va ularning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tegishli sinf rahbarlaridan tushuntirish xatlari olindi, ularga nisbatan navbatdagi intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha buyruq loyihalari tayyorlanib, kelishish uchun Adliya bo‘limi qoshidagi yuridik markazga yuborildi.
Shuningdek, maktab direktorlari rag‘bat pulini yarimini bo‘lim boshlig‘iga beradi degan xabarga aniqlik kiritish maqsadida tumandagi
33 ta umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarida 29 nafari bilan alohida(individual) suhbat o‘tkazildi. O‘tkazilgan suhbat jarayonida barcha maktab rahbarlari bu xabarlar asossiz ekanligini rag‘bat pullarini hammasini o‘zlari olganligini, bo‘lim boshlig‘i hech qanday pul bermaganliklarini tushuntirish xatlarida bildirib o'tgan.
Yakuniy jarayon bo'yicha, maktab rahbarlari tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining mas’ul xodimlari bilan mavzu yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda maktab rahbarlariga bugungi kunda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning tub mohiyati, bugungi kunda oldimizda turgan muhim vazifalar, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash masalasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yig‘ilishda maktab rahbarlariga maktabdagi ta’mirlash ishlari, turli bayramlar va tadbirlar munosabati bilan ota-onalar va o‘quvchilardan pul yig‘imlariga yo‘l qo'ymasliklari yuzasidan ogohlantirildi.

Aniqlangan holatlarni bartaraf etish yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati va maktab direktorlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

https://t.me/qashqadaryo_vxtb

Report Page