Rasmiy munosabat.
15.05.20212021-yilning 15-may sanasida ijtimoiy tarmoqlarda #xalq_murojaati rukni ostida Yangiariq tumani "Gulobod" qishlog'i , Arboblar mahallasidagi
"KICHKINTOY AFRUZ" nodavlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida
gigienik qoidalarga rioya qilinmaydi 70 foiz bolada qizilcha kasalligi aniqlandi degan izoh bilan chiqqan postga javoban Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.
Tarmoqda e'lon qilingan ma'lumot yuzasidan Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi mas'ullari o'rganish o'kazganida ma'lum bo'ldiki:
Yangiariq tumani, Gulobod qishlog'i, Arboblar mahallasida joylashgan
"Kichkintoy Afruz" nodavlat MTT ga 2021-yilning 12-may kuni 112 nafar bola kelgan va ularning hech birida kun davomida ham, ketish vaqtida ham qizilcha kasalligi bilan og'rish holati kuzatilmagan. Bundan ko'rinib turibdiki, ijtimoiy tarmoqlarda berilgan "70 foizida qizilcha kasalligi aniqlandi" degan ma'lumot notog'ri yoki yolg'on. Asoslanmagan holda chop etilgan.
Qo'shimcha ravishda, ushbu ma'lumotni 10 ming 348 obunachisiga ega bo'lgan
(2021-yil 15-may soat 18.40 holatiga ko'ra) XORAZMLIKLAR kanaliga yuborgan ya'ni murojaat bilan chiqqan fuqaro bilan bevosita suhbatlashilganida ma'lum bo'ldiki,
fuqaro farzandining kasallanganini ko'rib asabiylashib ketadi va haddan tashqari farzandi uchun qayg'urishi oqibatida "Kichkintoy Afruz" nodavlat MTT faoliyati yuzasidan shikoyat qilib "70 foizida qizilcha kasalligi aniqlandi" degan xabarni ijtimoiy tarmoq administratoriga yetkazadi. Fuqaro bu holatdan afsusda ekanligini va bergan ma'lumoti noto'g'ri ekanligini tan oldi va uzr so'radi. "Kichkintoy Afruz" nodavlat MTTga hech qanday e'tirozi yo'qligini ham ma'lum qildi.
Fuqaroning so'zlarini Rasmiy munosabat ostidagi audio da qoldiramiz.
Tinglashingiz mumkin.
Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi matbuot xizmati ushbu asoslanmagan, yolg'on ma'lumotni 10 ming 348 obunachisiga ega bo'lgan
(2021-yil 15-may soat 18.40 holatiga ko'ra) XORAZMLIKLAR kanalida e'lon qilinganligi uchun, XORAZMLIKLAR kanali faoliyatiga nisbatan fuqarolik sudiga yozma ariza bilan murojaat qilishini ma'lum qiladi.
Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi matbuot xizmati.