Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat


Qarshi Davlat 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktabida joriy yilning 8-may kuni soat 17.00 da 6-“V” o’quvchisi A. Sh. ning onasi H. Sh. qizini 8-“K” sinf qiz bolalari, qizini urganligini eshitib maktabga kelgan. Maktabga kirish foyesida navbatchi o’qituvchi esa «sinf rahbarini chaqirib beraman» deyishiga qaramay, binoga kirib ketgan. U bilan birga kelgan 3 nafar ayol ham kirayotgan vaqtida maktabning MMIBDO’ D. Mamatkulova ham ularga qo’shilib borgan. 6- bino 2-qavatda joylashgan 8-“K” sinfiga borishganda Sh.onasi 8-“K” sinf qizlarini haqorat qilib, Sh.ni urganlikda ayblab ularga tajavuz qilmoqchi bo’lgan. 3-4 nafar 8-“K” sinf qizlari qo’rqib sinfxonaning burchagiga o’tib olishgan. Sinf xonasida bo’lgan sinf rahbari O. A. ning to’sqinlik qilishiga qaramasdan, o’quvchilarning onasi qizlarni haqorat qilgan. MMIBDO’ D.Mamatkulova qizlarning yoniga borib tajovuz qilayotgan onadan ajratayotgan vaqtda ayol bilan birga kelgan ayollarning biri ham janjalga qo’shilgan. Bu vaqtga kelib maktabning MMIBDO’ S.Ismoilov ,O’IBDUO’ M.Nusurova va boshqa 3-4 nafar o’qituvchilar ham borib o’quvchi qizlarni himoya qilib, onalardan ajratib olishgan. Bu holatni telefonga olmoqchi bo’lgan o’quvchi va bir nafar o’qituvchining mobil telefonni Sh. onasi qo’lidan olinib,ularni ham haqoratladi. O'quvchilar bilan janjallashgan 2 nafar ayolni (o’quvchining onasi va u bilan birga kelgan ayolar) holat yuzasidan bo’lib o’tgan vaziyatni aniqlashtirish uchun MMIBDO’ xonasiga olib kelingan. Ota-onalarni tinchlantirib bo’lmaganligi sababli IIB va Milliy gvardiya xodimlarini zudlik bilan yordamga chaqirilgan. MMIBDO’ xonasiga shu payt IIB va Milliy gvardiya xodimlari yetib kelishgan. 8-sinfning 2 nafar o’quvchi qizlarini ham onalari maktabga kelishgan.
Umumiy tartibda holat IIB hamda soha mas'ullari ishtirokida o’rganilmoqda.Yakuniy jarayon yuzasidan batafsil axborot beriladi.
(Axborot maktab ma'muriyati bergan ma'lumotga tayanadi).


Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati


https://t.me/qashqadaryo_vxtb

Report Page