Rasmiy munosabat  

Rasmiy munosabat  


◼️ Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda ""Uzkad" tizimi joriy etilganiga 1 yil bo‘lsada, nega haligacha ko‘p joylar o‘tkazilmagan?!" sarlavhasi ostida post joylandi. Ushbu masala bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi: 


▫️ Bugungi kunga qadar ko‘chmas mulklar bo‘yicha ma’lumotlar bir nechta axborot tizimlarida yuritilib va saqlanib kelingan. Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida yagona ma’lumotlar bazasini yaratishni taqozo qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24 avgustdagi PF-198-son Farmoniga (https://lex.uz/ru/docs/6171343) asosan, Uzkad axborot tizimi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan! 


📃Farmonda qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bosqichma-bosqich "Uzkad" axborot tizimiga to‘liq o‘tkazish Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bugungi kunda eski tizimlardagi barcha ko‘chmas mulklarga oid ma’lumotlarni "Uzkad" axborot tizimiga o‘tkazish ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Uning jarayonlari va afzalliklari haqida batafsil videoda ma’lumot berilgan.👆 


Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi jami yer maydoni 44 892 150 gektarni tashkil qiladi. Shundan, "Uzkad" tizimida hisobga olingan va elektron xaritasi yaratilgan yer uchastkalari bugungi holat bo‘yicha 42 656 481 gektar yani 95% ni tashkil qiladi. "Uzkad" tizimida hisobga olingan ushbu yerlarning 40 526 771 gektari (95%) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. (Batafsil infografikada) 


Respublikadagi jami noturar obyektlar soni 639 998 tani tashkil etib, bugungi kungacha shundan 231 089 tasi "Uzkad" tizimiga o‘tkazilgan. 


❕"Uzkad" axborot tizimidagi yuzaga kelayotgan muddat kechikishlari masalasi bo‘yicha esa ko‘chmas mulk obyektlarida qayta o‘lchov ishlarini amalga oshirib, kadastr pasportlarini tayyorlashga ketadigan muddatlar bino-inshootlarning hajmiga qarab 3-30 kungacha muddat talab etishini inobatga olish kerak. (https://lex.uz/docs/2425158)


Tanqidiy munosabat bildirgan murojaatchining ariza holati mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilganda, 07.05.2024 sanasida kelib tushgan Notarius so‘rovnomasiga asosan 3 ish kunida yakunlanadigan ariza 1 kunda, ya’ni 08.05.2024 da ijobiy yakunlangan. Shu o‘rinda alohida qayd etish muhimki, arizalar obyektning hududi o‘lchamiga qarab 3 kun ichida ko‘rib chiqilishi qonunchilikda belgilangan. 


Ma’lumot uchun, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasiga kadastr pasportini tayyorlash uchun joriy yilning aprel oyining o‘zida 83 167 ta ariza kelib tushgan, shundan, 43 086 tasi ya’ni 52% i ijobiy hal etilgan, 26 957 tasi rad etilgan va 13 124 tasi ko‘rib chiqish jarayonida ekanligini ma’lum qilamiz.


#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat


Report Page