Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Хорижий тил олимпиадасида ҳаммадан юқори бални олган ўқувчига 4-ўринни беришибди"(sarlavha tahrirsiz) video lavha yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi munosabati:

Video lavhadagi jarayonda Qamashi tumanidagi 6-sonli maktab jamoasini to'plagan ball natijalarida aslida yuqori ekanligi qayd etilgan. Eslatib o'tamiz, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovni tuman bosqichi bo'yicha Qamashi tumanidan
1-o'rin 44-maktab, ball:41,08
2-o'rin 63-maktab, ball: 40,12
3-o'rin 72-maktab, ball: 38,72 larni maktab jamoasi qo'lga kiritgan.
Aniqlanishicha, video lavhada qayd etilayotgan Qamashi tumanidagi 6-maktab jamoasini to'plagan ball 25,92 ni tashkil etgan. O'quvchilar ko'rsatkichi yuqori natija bo'lsa-da, umumiy tartibda baza orqali maktab(o'qituvchilari) ni to'plagan ballari past bo'lgan.Shu sababli nizom talablarida asosiy ko'rsatkichlar bilan erishilgan natija umumlashtirishi qayd etilgan.
Bilishimiz lozimki📎
«... Maktab jamoasining har bir a’zosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari, maktabning umumiy natijasini hosil qiladi. Ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha mos holda turli xalqaro sertifikatsiyalangan standartlar bo‘yicha baholash tizimi qo‘llanilganda, maktablarning natijalarini hisoblash 100 ballga proporsional tarzda amalga oshiriladi. Uchinchi bosqich natijalariga ko‘ra umumiy hisobda eng yuqori ball to‘plagan maktablar 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi. Har bir bosqichda g‘oliblikka da’vogar jamoalarning ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha sinov tashkil etiladi».
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarorini 2-ilovasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom.