Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat


Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi Insayder.uz kanalida Abay chorrahasidagi ko‘p qavatli uyning yon qismi bo‘yalayotganiga norozilik bildirilgan.


Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.


Shayxontohur tumanining “Jangoh” mahallasida joylashgan 9 qavatli uyning o'ng va chap yon qismlari ko’p yillar oldin bo’yalgan bo’lib, bugungi kunga kelib uyning fasad qismlari betartib holga kelib qolgan edi.  


Shu bois hozirda uyning yon devoriga o'yib ishlangan mayolikaning asl xolati to'liq saqlangan holda fasad qismi ta'mirlanmoqda.

Quyidagi rasmda "Jangoh" mahallasidagi mazkur 9 qavatli uyning asl holatni ko'rish mumkin. Mayolika avvalgi holatda ham devorning bir qismidagina bo'lganligi aks etgan.


(uy devorining asl ko'rinishi 2009 yil)


Report Page