Rasmiy munosabat.

Rasmiy munosabat.

22.03.2021

21-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Shovot tumanidagi 35-sonli davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimidan olingan ushbu foto keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo'ldi. "Bog'cha tarbiyalanuvchilari yupqa kiyimda tuman hokimi oldida sahna ko'rinishi qilib beryaptilar" - degan izohlar qoldirilgan postlarga javoban
Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

Shovot tumanidagi 35-sonli davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish tadbiri 2021-yilning 19-mart sanasida bo'lib o'tgan. Tadbirda Shovot tumani hokimi, mahalla faollari, nuroniylar, tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi hodimlari ishtirok etishgan.

Tadbirning "tabrik so'zlari" qismi tugagach bolalar raqs tushushga taklif etiladi.
Raqs tushishgacha bo'lgan vaqtda bolalar egnida sovuqdan saqlaydigan kiyimda bo'lishgan (kurtkada). Raqs boshlanish vaqtida kiyimlarini tarbiyachisiga berib, so'ngra raqsni ijro etib bo'lgach yana kiyimlarini kiyishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan postlarda "havo sovuq bo'lishiga qaramasdan" degan izohlar mavjud, "havo juda issiq edi" shaklidagi kinoyali fikrlarni ham kuzatasiz.

Ho'sh, o'zi aslida, havo harorati qanday edi, online shaklda 19-mart sanasidagi
ob - havo ma'lumotlar tarixiga yuzlanib shu kuni havo harorati 18-20 daraja atrofida issiq bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. (bugun 22-mart sanasida 20 daraja issiq - taqqoslash uchun).

Yurtimizda epidemiologik vaziyat davom etayotganini inobatga olib,
Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan, turli tadbirlarni karantin talablariga rioya qilmagan holda tashkil etish mumkin emasligi haqida viloyatdagi har bir Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari va xodimlar ogohlantirilgan, bu yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish tadbirlari tashkil etiladi.

Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi, Shovot tumanidagi 35-sonli DMTT ochilish tadbiriga bolalarni jalb qilib, karantin talablariga rioya qilmasdan, ularning yupqa kiyimda tadbirda chiqish qilishiga imkoniyat yaratib bergan xodimlarga tegishli tartibda intizomiy jazo choralari ko'rilishini ma'lum qiladi.


Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi matbuot xizmati.