Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoq orqali eʼlon qilingan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.
Urganch tuman hokimining 2019-yil 22-yanbaridagi qaroriga asosan Urganch tumani, “G‘alaba” qishlog‘i, "Qumrovot" mahallasi hududidan fuqaro B.Oga 2019-yilda Davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil qilinadigan 200 o‘ringa mo‘ljallangan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi qurilishi uchun jami 6000 kv.metr 52 ball bonitet ekin yer maydoni ajratib berilgan hamda viloyat hokimining 2019-yil 31-yanvardagi 52-sonli qarori bilan tasdiqlangan va va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi 2019-yil 13- fevralda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Taʼsischilarining 2019-yil 5-noyabridagi umumiy yig‘ilish bayoni bilan qabul qilish va topshirish dalolatnomasiga asosan ushbu 0,6 ga yer maydoni va 50,0 kv.metr poydevor ustav fondini shakllantirish maqsadida “BONU BEGIM SAROYI” MCHJ foydalanishiga topshirilgan. “BONU BEGIM SAROYI” MCHJning murojaatiga asosan “qurilish tugallanmagan 200 o‘ringa mo‘ljallangan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi” poydevori yer maydoni kadastr yig‘majildi tayyorlangan va 2020-yil 4-fevraldagi yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Shundan so‘ng, Urganch tuman qurilish bo‘limining 2020-yil 8-sentyabrdagi “Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga” Ruxsatnomasiga asosan “BONU BEGIM SAROYI” MCHJga tegishli bo‘lgan Urganch tumani, “G‘alaba” qishlog‘i, "Qumrovot" mahallasida joylashgan qurilishi tugallanmagan 200 o‘rinli nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi poydevorini rekonstruksiya qilib, o‘ziga tegishli hududdan mahalla guzari, klinika, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, , sport sog‘lomlashtirish majmuasi(fitnes club), o‘quv markazi, kitob va o‘quv qurollari do‘koniga qayta ixtisoslashtirish, umumiy yer maydoni – 6000 kv.metr, qurilish osti 50 kv.metr manzilda, qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan hamda 2020 yil 21 sentyabridagi yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.“BONU BEGIM SAROYI” MCHJ taʼsischilarining 2020-yil-17 oktyabridagi qarori hamda “Ko‘chmas mulk yuridik shaxsning ustav jamg‘armasi hisobidan taʼsis ulushi sifatida berish shartnomasi”ga asosan “BONU BEGIM SAROYI” MCHJ foydalanishida bo‘lgan 6000,0 kv.metr yer maydoni va 50 kv.metr poydevor M.Aga taʼsis ulushi sifatida topshirilgan. M.Aga kadastr yig‘ma jildi tayyorlangan va 2020-yil 29-oktyabrda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Riyeltor xizmatlarini ko‘rsatgan tashkilot – “Ko‘chmas mulk xizmatlarini ko‘rsatish jamiyati” MCHJ Xorazm viloyat filiali tomonidan 2021-yil 6-aprelda rasmiylashtirilgan “Sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida ko‘chmas mulk bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi tuzish to‘g‘risidagi kelishuv bayonnomasi” va oldi-sotdi shartnomasiga hamda topshiruv-qabul qiluv dalolatnomasiga asosan, M.A o‘ziga tegishli bo‘lgan mulkni fuqaro J.O‘ga sotilganligi aniqlandi. Shuningdek, “BONU BEGIM SAROYI” MCHJning murojaatiga asosan Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Davlat xususiy sherikchilik asosida qurilishi rejalashtirilgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi obyektini faoliyat turini o‘zgartirilishiga qarshilik bildirmasligi to‘g‘risida 2020-yil 06-iyulidagi xati mavjud.