Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqda Angren shahrining Yangiobod mahallasi hududida joylashgan "Dukentsoy" daryo bo‘yiga chiqindilar tashlanayotgani yuzasidan tanqidiy videomaterial yuzasidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi Angren shahar bo‘limi boshlig‘i Abdulaziz Sotiboldiyev munosabat bildirdi:
Murojaatda ko‘rsatilgan manzilda bo‘limimiz mutaxassis va inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida “Dukentsoy” daryo bo‘yi va qirg‘oqlariga noma’lum shaxslar tomonidan maishiy chiqindilar tashlab ketilgani aniqlangan. Holat yuzasidan tezkor choralar ko‘rilib, Angren shahar Obodonlashtirish boshqarmasi hamda ekovolontyorlar bilan hamkorlikda hudud tozalanib, chiqindilar olib chiqildi. Shuningdek, hudud aholisi va tadbirkorlar o‘rtasida atrof-muhitni asrash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi hamda ogohlantirishlar berildi. “Yangiobod” mahallasida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, daryo qirg‘og‘i va yo‘l bo‘ylariga chiqindi tashlash holatlarining oldini olish maqsadida doimiy nazorat kuchaytirildi.

Report Page