Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat


Bugun “Gazeta.uz-Новости Узбекистана” sayti sahifalarida Toshkentdagi Kosmonavtlar maydonida Vladimir Janibekov haykali oldidagi granit plitalar buzib tashlanayotgani haqida xabar e’lon qilindi.

Yuqoridagi masala yuzasidan Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan obyekt joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi tomonidan obyektning atrofiga yotqizilgan marmar (burchatkalar)ning almashtirilishi rejalashtirilgani hamda madaniy meros obyektiga hech qanday asossiz ziyon yetkazilmagani aniqlandi. Qurilish ishlarini ruxsatsiz boshlagani uchun esa “MIMАR GROUP MChJ”ga ogohlantirish xati berildi va jarayon to‘xtatildi.

Ma’lumot uchun: Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Kosmonavtlar prospektida joylashgan Vladimir Jonibekov byusti (Koinot yodgorligi) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2019-yil 28-iyundagi 411-sonli buyrug‘iga asosan moddiy-madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining 1- ilovasi bilan Yakkasaroy tumani obodonlashtirish boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida birikitirib berilgan hamda mazkur obyekt milliy ro‘yxatdan o‘rin olgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli qarorining 5-ilovasi bilan Madaniy meros agentligi qoshida Ilmiy-ekspert kengashi 6-ilovasi bilan Ilmiy-ekspert kengash nizomi tasdiqlangan bo‘lib, Nizomiga ko‘ra moddiy-madaniy meros obyektlarida olib borilishi ko‘zda tutilgan barcha qurilish, taʼmirlash, restavratsiya ishlariga ushbu kengash xulosasiga asosan ruxsatnoma berilgandan so‘ng amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunning 10-moddasida:

moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda hamda ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik ishlari va boshqa ishlarni, moddiy-madaniy meros obyektlarini asrash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek, moddiy-madaniy meros obyektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o‘tkazish uchun ruxsatnomalar berish – belgilab qo‘yilgan.

Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi axborot xizmati




Report Page