Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangi Angren IES bilan bog’liq aks etgan murojaat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan o’rganildi.

Yangi Аngren IESda mutaxassislar tomonidan o’tkazilgan tekshirish davomida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalar belgilangan me’yorlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga, chang gaz tozalash uskunalari (filtirlari) samaradorligi 80 foizga tushib ketganligi ma’lum bo’ldi. 

Mazkur holat boʼyicha atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirganligi uchun 887 million, sanoat chiqindilarini belgilanmagan joyga joylashtirganligi uchun 116 million, jami 1 milliard 3 million soʼm kompensatsiya toʼlovlari hisoblandi. Bundan tashqari 11 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʼrish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilindi. Shuningdek, atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish boʼyicha chang gaz tozalash uskunalarini ishlash samaradorligini oshirish boʼyicha kechiktirib boʼlmas chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.



Report Page