Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

Toshkent viloyati Ekalogiya boshqarmasi matbuot xizmati


Ijtimoiy tarmoqlarda “Ota voyaga yetmagan farzandiga tirik ilonlarni tutqazib, ularni bolasi bilan oʼynayotgan” videoxabar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Ohangaron tumani Ekologiya boʼlimi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib, batafsil oʼrganish ishlarini olib bordi va quyidagilarni aniqladi.

Ohangaron tumani “Gushsoy” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro F.N.Nurboev 2022 yil iyun oyida oʼziga tegishli boʼlgan hovlida hashak oʼrish paytida sariq rangdagi ilonlarni tutib, uni 2 yoshli farzandiga berib o’ynatadi hamda holatni tasvirga oladi. Soʼngra ilonlarni quyib yuboradi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro bilan suhbat davomida tabiat jonzotlariga ozor berish hamda voyaga yetmagan bola bilan bilan bunday salbiy voqeani kelgusida takrorlanmasligi boʼyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shu oʼrinda hadislarda hayvonot olami yaʼni jonivorlarga zarar keltirmaslikka ularga mehribon boʼlishga chaqirganligi haqda eslatmoqchimiz. Hurmatli ota-onalar, bu kabi xabar orqali ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarinig e'tiboriga erishaman degan xayolga borishdan avval, “Men farzandimga ibrat namunasiman” degan fikr oʼtishi kerak deb o‘ylaymiz. Farzandimizga berayotgan tarbiya erta bir kun achchiq mevasini emas, shirinini totish har birimizga nasib etsin. Siz va Biz bu borada ibrat namunasi ekanligimizni unutmaylik!


Report Page