Rasmiy munosabat.
Ijtimoiy tarmoq orqali eʼlon qilingan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.
Kadastr agentligi va davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan fuqaro O.Soyning murojaati bir necha marotaba joyiga chiqqan holda o‘rganib tushuntirish ishlari olib borilgan. Fuqaro O.Soy talab qilayotgan yer maydoniga tegishli huquqni belgilovchi hujjatlar so‘ralganida taqdim qila olmagan. Vaholonki ushbu yer maydoni qo‘shnisi fuqaro N.Kga qarashli bo‘lib,
Xiva rayon, “Sayot” qishlog‘i sovetidagi «Frunze» nomli kolxoz pravleniyesining 29.01.1976 yildagi protokoliga asosan yer maydoni ajratib berilgan bo‘lib, mazkur turar-joyning umumiy yer maydoni 0.13 ga bo‘lib, mulkka nisbatan egalik huquqini tan olish to‘g‘risida qabul qilingan hamda Xiva tuman hokimining 05.10.2020 yildagi qaroriga va qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi 09.12.2020 yildagi guvohnomaga asosan fuqaro N.Kga tegishli bo‘lib, 15.12.2020 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqaro O.Soyga yer maydoniga tegishli bo‘lgan hech qanday huquqni belgilovchi hujjatlarni taqdim qila olmaganligi sababli uning talabini ijobiy hal qilish imkoniyati qonun talablariga to'g'ri kelmasligini maʼlum qilamiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom qiling :
Telegram / Instagram / Facebook / Youtube