Расмий муносабат

Расмий муносабат


Muborak tumani “Mashʼal” mahallasida yashovchi fuqaro А.T 2021 yil 31 avgust kuni soat 11:00 larda 102 xizmatiga murojat qilib, davlat idoralariga oʼzini “Kun.uz” saytining muxbiri deb tanishtirgan fuqaro agarda shartnoma tuzib, plastik karta raqami va qoʼliga 2.600.000 soʼm pul bermasa tumandagi salbiy holatlarni “Kun.uz” saytiga chiqarib yuborishini maʼlum qilgan. 

Natijada masʼul idora vakili uning qoʼliga 100 АQSh dollari va 500.000 soʼm pul berganligini, shuningdek, uning talabiga koʼra, fuqaro T.R. ismli fuqaroning plastik karta raqamiga 1.000.000 soʼm miqdordagi pullarni oʼtkazib bergan. 

Biroq, keyinchalik maʼlum boʼlishicha, oʼzini “Kun.uz” sayti muxbiri sifatida tanishtirgan shaxs Gʼuzor tumanida yashovchi M.А ekanligini bilganligini, hech qanday saytda ishlamasligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʼrilishini bayon qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan M.А ga nisbatan Muborak tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “А” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʼllanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati

Report Page