Raqamli texnologiyalar vaziri YUNESKOning O‘zbekistondagi vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi

Raqamli texnologiyalar vaziri YUNESKOning O‘zbekistondagi vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi


Bugun, 2-mart kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakili Sara Noshadi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida aholi orasida media savodxonlikni oshirish va bu bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish, hunarmandlik bilan shug‘ullanayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlagan holda ular uchun maxsus Workshoplar o'tkazish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan bir qatorda, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan Foreign Languages telekanalini IT sohasiga oid kontentlar bilan boyitish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish va bu orqali chekka hududlarda istiqomat qiladigan yoshlarni ITga qiziqtirish, IT ta'lim yo‘nalishida keng qamrovli ishlarni amalga oshirish masalalariga e'tibor qaratildi.

O‘z navbatida, O‘zbekistonni xalqaro maydonda mintaqaviy IT xab sifatida tanitish bo‘yicha fikrlar almashildi.

YUNESKO O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar yuqori ekanligini qayt etib, raqamlashtirish yo‘nalishida hamkorlikda loyihalarni davom ettirishga kelishib olindi.



Report Page