Raqamli asrda advokatlik kursi uchun qabul e‘lon qilinadi

Raqamli asrda advokatlik kursi uchun qabul e‘lon qilinadi

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan

Kurs davomida siz quyidagi bilimlarga ega bo‘lasiz:

1-Mavzu: “Raqamli advokatura” kursiga kirish.

Asosiy masalalar: Raqamli advokatura tushunchasi va mohiyati. Advokaturaning raqamli texnologiyalarga o‘tishining afzalliklari. Advokaturaning raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba. Raqamli advokaturaning normativ-huquqiy tartibga solish. Raqamlashtirish sharoitlarida advokat etikasi.

2-Mavzu: Raqamli advokaturaning huquqiy asoslari.

Asosiy masalalar: Raqamli advokaturaning halqaro tartibga solinishi. Raqamlashtirish sharoitlarida advokatning kasbiy etikasi. Davlat boshqaruv organlari bilan elektron hujjat aylanishini tartibga solish. Elektron imzodan foydalanish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar.

3-Mavzu: Advokatning ishida raqamli texnologiyalar.

Asosiy masalalar: Advokatlik faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanish. Advokatlar uchun huquqiy onlayn-xizmatlar. Advokatlik amaliyotida elektron hujjat aylanishi. Advokatning mijozlar bilan muloqoti (kommunikatsiyasi) uchun onlayn platformalar. Advokatlar uchun mobil ilovalar.

4-Mavzu: Advokatura va elektron odil sudlov.

Asosiy masalalar: Advokatlik amaliyotida elektron dalillar. Advokatning sud jarayonida masofadan turib ishtiroki. Protsessual hujjatlarni elektron shaklda taqdim qilish. Advokatning davlat reestrlariga kira olishi. Tergov organlari bilan elektron hujjat aylanishining xususiyatlari.

5-Mavzu: Masofaviy (onlayn) maslahat va huquqiy yordam.

Asosiy masalalar: Fuqarolarga maslahat berish bo‘yicha masofaviy (onlayn) platformalar. Huquqiy yordam bo‘yicha mobil ilovalar. Huquqiy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha masofaviy (onlayn) xizmatlar (servis). An’anaviy (tipik) huquqiy hujjatlarning internet-magazinlari. Huquqiy nizolarni masofaviy (onlayn) hal etish (ODR).

6-Mavzu: Masofaviy (onlayn) advokatlik xizmatlari.

Asosiy masalalar: Advokatlar tomonidan internet-marketindan foydalanish. Advokatning yoki advokatlik tuilmasining saytlari. Ijtimoiy tarmoqlarda ishlash. Advokatlik xizmatining maqsadli va kontekstli reklamalari. Advokatlar reytingi va ular haqidagi masofaviy (onlayn) taqrizlar (fikr-mulohazalar).

7-Mavzu: Advokatlik faoliyatining axborot xavfsizligi.

Asosiy masalalar: Mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarining himoya qilish. raqamlashtirish sharoitlarida maxfiylik qoidalariga rioya qilish. Maxfiy ma’lumotlarni oshkor bo‘lishini oldini olish. Elektron imzo va ma’lumotlarni shifrlashdan foydalanish. Advokat va kiber-jinoyatchilik.

8-Mavzu: Raqamli advokaturaning iqtisodiy omillari.

Asosiy masalalar: Raqamli advokatlik xizmatlarining biznes-modellari. Advokatlik faoliyatiga soliq solishning maqbullashtirish. Advokat xizmatiga haq to‘lashda masofaviy (onlayn) hisob-kitoblar va elektron hujjat aylanishi. Xarajatlarni kamaytirish uchun bulutli (foydalanuvchilarga kompyuter resurslariga onlayn rejimda kirish imkoniyatini beradigan) xizmatlardan foydalanish. Advokatlar doimiy vazifalarining autsorsingi.

9-Mavzu: Raqamli advokaturaning rivojlanish istiqbollari.

Asosiy masalalar: Advokatlarning masofaviy (onlayn) xizmatlari ko‘lamini kengaytirish. Raqamli advokaturaning etik va huquqiy normalarini takomillashtirish. Advokatlar uchun raqamli xizmatlar sifatining standartlarini ishlab chiqish. Advokatlar va advokatura sohasi xodimlarining raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilimlarini oshirish. Advokatlar hamjamiyati uchun yagona raqamli platformani yaratish.

Shu va boshqa mavzular bo‘yicha kurs davomida puxta bilimlarni o‘zlashtirasiz.



Report Page