«Ramazon zambaragi» an'anasi qanday paydo bo'ldi?

«Ramazon zambaragi» an'anasi qanday paydo bo'ldi?

O'zbek tilidagi versiya 🇺🇿

📜 Sultonning rafiqasiga doir voqea

"Ramazon zambaragi" yoki "Iftor to'plari"ning paydo bo'lishi haqida turfa xil tafsilotlar bor. Ammo bu xususda umumiy bir to'xtam borki, bu ham bo'lsa, zambarakdan o'q otish sadolari bir qancha asrlar avval ilk bor Qohirada yangraganidir. O'shandan beri bu bong orqali Quyosh botishi va iftorlik vaqti kirganini anglatish urf-odatga aylangan

Rivoyatlarga ko'ra, 1461-yilda mamluklar saltanati davrida bir sultonga to'p hadya qiladilar. Sulton sinash uchun to'pni ottiradi. Shu kuni Ramazonning birinchi kuni bo'lib, to'p sadolari tasodifan shom azoni bilan bir paytda yangraydi. Qohira ahliga bu holat juda yoqadi, sababi bong sadolari shaharning eng chekka mahallalariga qadar eshitilardi, bu bilan aholini iftor zamonini aniqlashdagi qiyinchilikdan qutqarar edi. Sulton shu kundan e'tiboran har saharlik va iftor vaqtida zambarakni ottirib bong urdirishni an'anaga aylantiradi. Har yilgi bong sadolarisiz Ramazon oyi o'tkazilmaydi. Bora-bora boshqa musulmon o'lkalarida ham bu odat tarqala boshlaydi

Tarixdan anglashilishicha, "Ramazon to'plari"ning boshqa nomi ham bo'lgan. Uni "Fotimaning zambaragi" deb ham atashgan. Aytishlaricha, Sultonga uning rafiqasi Fotima xalqqa zambarak o'qlari sadosi ostida Ramazon oyi quvonchi va shukuhini taratish g'oyasini ulashgan

📜 Ta'qiqlarga qaramasdan...

Qohirada "Ramazon zambaragi" to 1859-yilga qadar haqiqiy to'plarni otar edi. Salohiddin mavzesi atrofida yashash joylarini qayta ta'mirlash maqsadi hokimiyatni o'qotar miltiqlarga moslashtirdi

Ammo shunga qaramasdan, Qohiraning Salohiddin mavzesida har Ramazon oldidan zambarak maxsus qo'riqxonadan olib chiqilar, maxsus qoplamadan chiqazib, porlaguniga qadar sayqallanar, Ramazon hayiti boshlanishi bilan yana maxsus qoplamaga solib, qo'riqxonaga joylashtirilar edi... Kelgusi yilga qadar shunday saqlanar edi

Instagram | Facebook | Website | YouTube

Report Page