Ramazon tuhfasi 🎁

Ramazon tuhfasi 🎁


Ramazon mevasi bo’lmish xurmoni yanada foydaliroq va mazzaliga aylantiramiz

✅Xurmo haqidagi faktlarni do’stlaringizgayam yuborib qo’ying

Xurmo (oliy nav) 12-15 dona

Shokolad - 100 g

O’simlik yog’i - 1 osh.q

Yong’oqlar (bodom,yong’oq,handon pista)


Xurmolarni oliy yirik navligini yuvib quritib olamiz

Ichidagi danagini olib o’rniga yoqtirgan yong’oqlarimizdan solamiz

Shokoladni suv bug’ida eritib olinadi

Erigan shokoladni aralashtirib turgan holda ilitamiz

So’ng xurmolarni shokoladga botirib ustini xoxishga ko’ra bezatib olishimiz mumkin. Xurmolarni sovutgichga 15-20 daqiqaga yuboramiz

Ushbu shirinlikni sovg’a ko’rinishda yasatib yaqinlarmizni hursand qilimishimiz ham mumkin😊


😊 Bu mo’jizaviy mevaning qanday foydali xususiyatlari bor ekanligini bilganingizda edi, uni har kuni muntazam ravishda iste’mol qilgan bo’lardingiz.


👇 Jannat ne’matlaridan biri deb sanalgan bu mevani nega doimiy ravishda yeyish kerak? Diqqat bilan o’qing:


• xurmo tarkibidagi odam organizmiga kerakli 23 ta aminokislota boshqa mevalarda uchramaydi;

• kuniga 3-4 ta xurmo yeyish tanangizni yoshartiradi;

• xurmo ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, yurakda qon aylanishini me’yorga keltiradi, ozishga yordam beradi;

• xurmo insult xavfini 40%ga kamaytiradi, unda kalsiy va fosfor ko’pligi hisobiga miya faoliyati uchun juda foydali;

• xurmoning tug’ruqdan keyin ham foydasi katta, u sutni ko’paytiradi;

• xurmo mevalari oshqozon-ichak trakti, jigar, teri va jinsiy aʼzolar faoliyatini yaxshilash uchun xizmat qiladi;

• u yosh bilan bogʻliq oʻsimtalarning oʻsishiga toʻsqinlik qiladi;

• xurmo ftorga boyligi sabab tishlarni kariyesdan saqlaydi;

• u aqliy qobiliyatni rivojlantirib, ish surʼatini oshirish xususiyatiga ega;

• mazkur meva isteʼmol qilinganda, insonning nafaqat ichki organizmi, balki tashqi goʻzalligiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi;

• foli kislotasi va E vitaminiga boyligi sabab, u sochlar ildizini mustahkamlab, tirnoqlarning sinuvchanligini oldini oladi hamda organizmdagi yoʻqotilgan kaliy oʻrnini tiklaydi;

• xurmo qondagi qand miqdorining oshib yoki tushib ketmasligiga hissa qoʻshadi.

Post sizga manfaatli bo’lgan bo’lsa ❤️🩷 bosib qo’ying

fayzlioshxona sahifasidan olindi

Kunlik_retseptlar

Report Page