Rahimov School'da ta'lim granti

Rahimov School'da ta'lim granti

Rahimov School
Farzandlarimizni qo'llab-quvvatlash, ularning iste'dodi yuzaga chiqishda yordam berish uchun imkoniyatimiz doirasida harakat qilishimiz muhim. O'quvchilarning iqtidorini kashf qilishni, ularning ham axloq, ham ilm tomonlama komil shaxs bo'lib yetishishlarini o'z oldiga maqsad qilgan "Rahimov School" xususiy maktabi yangi o'quv yili uchun TA'LIM GRANTI e'lon qiladi. 
Rahimov School Toshkent filiali binosi
Ushbu grant bo'yicha faqatgina 9-10-11-sinflarni qabul qilish ko'zda tutilgan. Grantga ayni damda maktabimizda o'qishga qabul qilingan o'quvchilar ham topshirishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

9-, 10- va 11-sinflar uchun

Qaysi fanlardan imtihon bo'ladi?

  • 9-10-sinflar uchun: matematika va o'zbek tilida insho
  • 11-sinflar uchun: matematika, o'zbek tilida insho va ingliz tilidan o'qish testi (reading)

Qancha joy ajratilgan?

Toshkentda:

  • Umumiy 20 tadan 40 tagacha

Farg'onada: 

  • Umumiy 20 tagacha

Saralash tartibi qanday bo'ladi?

  1. Talabgorlar https://bit.ly/rs-grant bot orqali ro'yxatdan o'tadilar va grant guruhiga qo'shiladilar
  2. Imtihon kuni belgilangan joyga kelib, imtihon topshiradilar
  3. Matematikadan 70% va undan yuqori natijaga erishgan o'quvchilarning insholari o'qiladi.
  4. Inshodan ijobiy xulosa (100 ballik tizimdan 70+) olgan o'quvchilar suhbatga taklif qilinadi
  5. Suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashiladi va maktabga qabul qilinadi
    • Suhbatlardan asosiy maqsad bilimi bilan birga tarbiyasi ham namunali o'quvchilarni saralab olish.

Imtihon qachon va qayerda bo'ladi?

Toshkentda: Rahimov School maktabida, 4-avgust (yakshanba kuni) soat 8:00

Manzil: Mirzo Ulug'bek tumani, Lokomotiv Park ro'parasida. 

Joylashuv: https://t.me/rahimovschool/22


Farg'onada: Najot Ta'lim Farg'ona filialida, 4-avgust (yakshanba kuni) soat 8:00 da

Manzil: Farg'ona shahar, Markaziy bog' ichida.

Joylashuv: https://maps.app.goo.gl/JRBkRVrmkDCeeFke8  


Eslatmalar

  • O’quvchilar har bir fandan eng kamida 70% ballni to’plagan bo’lishlari kerak. 
  • O'quv yili davomida, grantga olingan o’quvchining o'rtacha hisoblaganda, o'zlashtirish ko'rsatkichi har oy 70 ball, axloqiy ko'rsatkichi 70 ball va davomati 88% yoki undan kam bo'lsa (sababsiz), unga berilgan grant olib qo’yiladi. 
  • Grantdagi o’quvchilarga hech bir stipendiya berilmaydi
  • Grant faqatgina ta'lim narxini qoplaydi. Grant sohiblari tushlik, transport yoki boshqa xarajatlarni o'zlari qoplashlari ko'zda tutilgan.

Testlarni tuzish, o'tkazish va grant ajratish mas'uliyati to'liq Rahimov School' xususiy maktabi zimmasida. 

Farzandingiz munosib maktabda, har tomonlama yetuk bo'lib ulg'ayishi uchun hozirdan o'z joyingizni band qiling! 


🔗 Grantga havola orqali ro'yxatdan o'ting: https://bit.ly/rs-grant

📞 Batafsil ma'lumot uchun: (78) 113-00-05 

👉 Murojaat uchun: Rahimov School Admin

Report Page