RINGER osmasi

RINGER osmasi


TTA talabasi

Mallayev Ulmas


Ringer osmasi --- 100 , 150 , 200 , 250 , 400 va 500 ml flakonlarda chiqadi.

Narxi -- 4000 so'm.



# Рингер осма 

# Ringer osma 




💊DORI SHAKLI 👇


 Infuziya uchun eritma.




💊 TARKIBI 👇


Natriy xlor, kaliy xlor, kalsiy xlor.





💊TA'SIR QILISHIGA KO'RA 👇


 Tuzli eritma hisoblanadi.





💊QO'LLANILISHI 👇


-- Plazma o'rnini bosuvchi vosita sifatida

-- Shokda

-- Kollapsda , ya'ni qon bosimining tushib ketgan vaqtlarida davolashda qo'llaniladi.

-- Kuyishlarda va sovuq urishda qo'llaniladi.

-- Uzoq davom etgan qusishda qo'llaniladi.

-- O'tkir va ko"p qon ketish holatlarida .

-- Diareyada , ya'ni ichning suyuq to'xtovsiz ketishida yaxshi juda.

-- Operatsiyadan keyingi davrni og'ir kechishida qo'llaniladi.

-- Turli zaharlanishlarda qo'llaniladi.

-- Suyuqlik ko'p yo'qotganda qo'llaniladi.

-- Jarohatlarni yuvish uchun sirtga ham qo'llaniladi.






💊QO'LLASH USULI VA DOZASI 👇



Sutkasiga 250 ml venaga tomchilab yuboriladi.Sekin yuborish kerak. Yosh bolalarga sutkasiga 100 ml hajmi yuboriladi.

Og'ir operatsiya vaqtida esa ko'p miqdorda yuboriladi.





🚫NOJO'YA TA'SIRI 👇



Preparatni katta hajmda yuborish suv elektrolit muvozanatini buzilishiga olib keladi. Atsidoz rivojlanishi mumkin.





❌QO'LLASH MUMKINMAS XOLATLAR 👇


-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda

-- Yurak yetishmovchiligida mumkin emas.

-- O'pka shishida va miya shishida mumkin emas.

-- Kam peshob ajratish holatida mumkin emas.

-- Umuman siydik ajratib bo"lmaydigan holatlarda mumkin emas.

-- Atsidozda mumkin emas.

-- Tromboflebitda

-- Organizmda kalsiy, natriy, kaliy moddasi kop bo'lganda.





🔰ADMIN MASLAHATI 👇


Yurak yetishmovcholigida, Qon bosim baland bo"lgan bemorlarda, Jigar yoki buyrak faoliyati buzilishida ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida qo"llash kerak.


Homiladorlarga shifokor maslahati bilan qabul qiling.



💉Qo'llash -- retsept bilan

💉Ishlab chiqaruvchi -- Uzbekistan




@FARMAKOLOGIYA_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI


,,ТАБЛЕТКА " kanali






Report Page