REKTOR TABRIGI

REKTOR TABRIGI

Tashmednews
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar, qadrli hamkasblar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, katta rejalar va ulkan imkoniyatlar davridir. Ishonamanki, bilim va ilmga intilgan, o‘z kasbiga sadoqatli yoshlarimiz kelgusida mamlakatimiz tibbiyotining yanada rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadilar.
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti oldida zamonaviy tibbiy ta’limni rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda yuqori malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashdek yuksak vazifalar turibdi.
Fursatdan foydalanib, universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlariga fidokorona mehnati uchun minnatdorlik bildiraman. Talabalarimizga esa yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, mustahkam bilim, izlanish va muvaffaqiyat tilayman.
Aziz yoshlar! Har bir kuningizni yangi bilim va tajriba orttirishga, ezgu maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlashga bag‘ishlang. Sizlarning bugungi intilishlaringiz — yurtimiz tibbiyotining ertangi taraqqiyotidir.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va ta’limiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi 2026–2027-o‘quv yili barchamiz uchun omadli, sermahsul va yutuqlarga boy yil bo‘lsin!

Hurmat bilan, Shuxrat Boymuradov
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor


Report Page