"Mening raqamli huquqlarim" tanlovini o'tkazish TALABLARI

"Mening raqamli huquqlarim" tanlovini o'tkazish TALABLARI

www.mjdc.uz

Версия на русском языке


1. UMUMIY QOIDALAR.

1.1. Mazkur "Mening raqamli huquqlarim" tanlovini o'tkazish Talablari Tanlov to'g'risidagi Nizomga muvofiq "Mening raqamli huquqlarim" tanlovini o'tkazish, uning tashkiliy ta'minoti, ishtirok etish tartibi va Tanlov g'oliblari va sovrindorlarini aniqlash shartlari va talablarini belgilab beradi.

1.2. O'zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi Tanlov tashkilotchisi sanaladi.

1.3. Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi.

1.4. Taqvim reja — Tanlovni o'tkazish muddati.

·      Tanlovda ishtirok etish uchun murojaatlarni qabul qilish — 10-20 iyun.

·      Saralash bosqichi: 20-23 iyun.

·      Ishlarni tekshirish va Tanlov sarhisobi: 23-29 iyun.

·      Tanlov g'oliblari va sovrindorlarni mukofotlash: 30 iyun.

1.5. Tanlov boshqaruv organi (tashkiliy qo'mita va hakamlar) tarkibi va vakolatlari.

1.5.1. Tanlov tashkiliy qo'mitasi:

·      Tanlov o'tkazilish shaklini belgilaydi va uning tashkiliy-metodik ta'minotini amalga oshiradi;

·      Tanlov bosqichlari uchun vazifalar ishlab chiqilishi, topshirilgan ishlarni baholash metodikalari va mezonlarini belgilashni ta'minlaydi - tanlov hakamlari bilan birgalikda;

·      Tanlov vazifalarining metodik va mazmun yaxlitligini ta'minlaydi, tanlov vazifalarini tasdiqlaydi;

·      Umumiy ishtirokchilar sonida g'oliblar ulushini belgilaydi, Tanlovda sovrindorlar o'rtasida o'rinlarni taqsimlaydi;

·      Tanlovning barcha bosqichlarini o'tkazishda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni hal etadi;

·      Tanlov o'tkazilishini bevosita ta'minlaydi;

·      Tanlov hakamlari tarkibini belgilaydi;

·      Tanlov g'oliblari va sovrindorlarini taqdirlashni tashkillashtiradi va ta'minlaydi;

·      Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markaziga tanlov natijalari bo'yicha hisobotlarni taqdim etadi;

·      Tanlov ishtirokchilarining ma'lumotlari to'g'risidagi axborotlarning shakllanishi, faoliyati va xavfsizligini ta'minlaydi;

·      Mazkur Nizom va Tartibda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

1.5.2. Tanlov hakami

• ishtirokchilar ishlarini tekshiradi va baholaydi;

• Tanlov shartlarining metodik va mazmun yaxlitligini baholaydi;

• tashkiliy qo'mitaga Tanlovning har bir bosqichi yuzasidan hisobot taqdim etadi;

• Tanlovning yakuniy bosqichi natijalari dalolatnomalaribi tasdiqlaydi;

• Tanlov Tartibi va Nizomida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi;

1.5.3. Tashkiliy qo'mita, hakamlar hay'ati tarkibi:

Tanlov hakamlar hay'ati:

Tanlov hakamlar hay'ati tarkibi tashkiliy qo'mita tomonidan o'zgartirilishi mumkin.

1.6. Tanlov ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari.

1.6.1. Tanlovda ishtirok etish uchun shartlar:

·      Tanlovda18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin;

·      Tanlovda O'zbekiston Respublikasi rezidentlari yoki O'zbekiston Respublikasi hududida rasmiy mehnat faoliyatini olib borayotgan norezidentlar ishtirok etishlari mumkin;

·      Tanlovda ishtirok etish uchun ishlar qat'iy belgilangan muddatda qabul qilinadi.

·      Tanlovda ishtirok etish va ro'yhatdan o'tish davrida ko'rsatilgan aloqa kontaktlari ishtirokchiga tegishli bo'lishi kerak.

1.6.2. Ishtirokchilar quyidagi huquqlarga ega:

·      Tanlov Talablari bilan tanishish.

·      Mazkur Talab bilan belgilangan tartibda Tanlovda ishtirok etish.

·      Sovrindor bo'lgan taqdirda sovg'ani olib ketish.

1.6.3. Ishtirokchilarning majburiyatlari:

·      Mazkur Talab shartlarini bajarish;

·      Mazkur Tartibga binoan Tanlov Tashkilotchilariga ishtirokchi to'g'risidagi kerakli va ishonchli ma'limotlar, material va hujjatlar taqdim etish.

2. TANLOV ISHTIROKCHILARINI RO'YHATDAN O'TKAZISH

2.1. Rasmiy axborot, Tartib, ishtirok etish uchun murojaat va boshqa hujjatlar www.mjdc.uz saytiga joylashtirilgan.

2.2. Tanlovda ishtirok etish uchun saytda joylashtirilgan so'rovnomani ishtirokchining ism-sharifi, yashash joyi, telefon raqami va elektron pochta manzilini ko'rsatib, shuningdek, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik berib to'ldirish lozim. Hujjatlar 20 iyun kunidan kechiktirilmay to'ldiriladi.

2.3. Tanlovda ishtirok etish uchun to'ldirilgan so'rovnomalar, ishtirokchining shaxsiy ma'limotlarni qayta ishlashga roziligi Tanlov tashkilotchilariga yakuniy bosqich o'tkazilishidan oldin topshiriladi.

2.4. Olingan murojaatlar ko'rib chiqilgach, har bir ishtirokchiga uning murojaatida ko'rsatilgan elektron pochta manziliga saralash bosqichidan o'tish bo'yicha ko'rsatmalar yuboriladi.

2.5. Tanlovda ishtirok etish ishtirokchi tomonidan Tanlov to'g'risidagi Nizomda ko'rsatilgan https://telegra.ph/Polpzhenie-o-konkurse-Moi-Cifrovye-prava-06-08  shartlarga so'zsiz rozi bo'lish, shuningdek, ishtirokchining shaxsiy ma'lumotlaridan Tashkilotchi tomonidan reklama, marketing va boshqa dastur va aksiyalarda, shuningdek, taklif etilayotgan xizmatlarni yaxshilashga qatatilgan, jumladan, marketing va/yoki statistik va/yoki boshqa tadqiqotlarni o'tkazishda foydalanishga rozilik berishini nazarda tutadi.

2.6. Tashkilotchi Ishtirokchi bilan turli aloqa vositalari orqali, jumladan, (cheksiz) pochta jo'natmalari, Ishtirokchi elektron pochtasiga xabarlar, kerakli axborotlarni mobil telefoniga (sms-xabar) yuborishga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining «Reklama to'g'risida»gi Qonunining (25.12.1998 723-I-son) 4-moddasida nazarda tutilgan reklama tushunchasiga mos axborotlarni, shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko'zda tutilgan boshqa vazifalarini bajarish maqsadida aloqa qilishi mumkin.

2.7. Mazkur rozilik Ishtirokchi tomonidan uning shaxsiy ma'lumotlariga nisbatan yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun kerakli turli harakatlarga rozi bo'lishni nazarda tutadi, jumladan, familiya, ism; jins, tug'ilgan sanasi (O'zbekiston Reapublikasi qonunchiligi, jumladan, Soliq Kodeksida nazarda tutilgan - shaxsni tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari (pasport raqami, berilgan sana, uni bergan tashkilot nomi, ro'yhatdan o'tkazilishi to'g'risidagi ma'lumotlar), mobil telefon raqami, elektron pochta raqami va boshq.

3. TANLOV YAKUNI

3.1. Tanlovning yakuniy qismidagi vazifalarni baholashda Tanlov hakamlar hay'ati ishtirok etadi - ZJRM xodimlari, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligi Axborot markazi boshlig'i, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Matbuot xizmati boshlig'i.

3.2. Tanlov g'oliblari va sovrindorlari kvotasi.

Tanlov natijasida 1 nafar g'olib (1-o'rin), 2 kishidan ortiq bo'lmagan sovrindor (2-chi va 3-o'rin) va 3 ta qo'shimcha mukofot e'lon qilinadi.

3.3. Sovrindorlar va g'oliblar soni tashkiliy qo'mita tomonidan kvota bilan belgilangan miqdorda belgilanadi.

3.4. Tanlov g'oloblari va sovrindorlarini taqdirlash.

3.4.1. Tanlov g'oliblari ishlarni baholash orqali aniqlanadi.

3.4.2. Tanlov yakunlari yuzasidan Hakamlar hay'ati Tashkiliy qo'mitaga dalolatnoma to'ldirib, topshiradi.

3.4.3. Tanlov g'oliblari ro'yhati, shuningdek, g'oliblar va sovrindorlar ro'yhati hakamlar hay'ati tomonidan berilgan dalolatnoma asosida tashkiliy qo'mita tomonidan tasdiqlanadi va www.mjdc.uz  saytiga joylashtiriladi.

3.5. Natijalar tashkiliy qo'mita va hakamlar hay'atining birgalikdagi qarori bo'lib, apellyatsiyaga topshirilmaydi.

Tashkiliy qo'mita va hakamlar hay'ati Tanlov natijalari yuzasidan og'zaki va/yoki yozma izohlar bermaydi.

3.6. Tanlov g'olibi va sovrindorlarga quyidagi sovg'alar topshiriladi:

1-o'rin. Samsung Galaxy A52 4/128 GB, Awesome White (A525)

2-o'rin. Samsung Galaxy A23 4/64 GB, White (235)

3-o'rin. Samsung Galaxy A22 4/64 GB, White (A225)

 

Qo'shimcha sovrinlar 3 ta Power Bank Xiaomi Mi 3 10000 mAh Silver.

Report Page