REDISKA yetishtirish

REDISKA yetishtirish

t.me/ykfoundation

Ahamiyati. Rediska tarkibida fiton­ sidlar, antibakterial xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar bo‘lib, ular oshqozon ichak yo‘llarini zararsizlantirishda, orga­nizmning yuqumli (infeksion) kasal­ liklarga chidamliligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Uni asosan yangiligicha iste’mol qilinadi.

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Rediskani Kraniy velikan, Dunganskiy 12-8, Lola, Mayskiy mestniy, Ertapishar kabi navlari ekiladi.

Urug‘ tanlash. Ekiladigan urug‘ toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun (sinmagan) va to‘la bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi.

Yerni tayyorlash. Dala o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va be-gona o‘tlardan tozalanadi.    1 sotixga 200 kg (10 sotixga 2 ton-na) chirigan go‘ng solinadi. Tuproq 20–25 sm chuqurlikda chirigan go‘ng va mineral o‘g‘itlar bilan aralashtirilib yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari olinadi.

Ekish muddati. Rediska qisqa kunli, soyaga chidamli o‘simlik, yorug‘lik yetishmasa ham o‘saveradi. U o‘g‘itlangan unumdor yerlarga erta bahorda fevral oxiri–mart boshlarida, ko‘pincha bir necha muddatda yoki kuzda – sentabr oyida ekiladi. Urug‘ sepilgandan keyin xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi. Rediska yozda ekilmaydi, chunki u yoz oylarida o‘zaklab ketadi va ildizmevasi o‘z sifatini yo‘qotadi. Urug‘i ekilib, nihollar paydo bo‘lgandan juda tezpishar navlari 25–30, o‘rtapisharlari 35–40 va o‘rtachi kechki navlari 40–45 kun o‘tgach yetiladi.

Parvarishlash. O‘simlik 1–2 tadan chinbarg chiqarganda yagana va bir yo‘la o‘toq qilinadi. Qatordagi o‘simliklar orasi tezpishar navlar uchun 3–4 sm, kechpisharlariga esa 5–6 sm. da bir tupdan qoldiriladi. Bahordagi yog‘ingarchilikka qarab rediska 2–4 marta sug‘oriladi, qator oralari yumshatilib, begona o‘tlardan tozalanadi.

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Rediska kasalliklarga ancha chidamli salqinsevar o‘simlik hisoblanadi.

Hosilni yig‘ishtirish. Rediska hosili ildizmevalari yetilishiga qarab 3–4 marta saralab terib olinadi.

Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 500 g rediska urug‘iga 150 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 810 300 so‘mni tash-kil etadi. Xosilning bir kilogrammi eng past narxda 2 500 so‘mdan sotilganda 3 mln. 750 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix may-dondan 2 mln. 940 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page