RASMIY XABAR

RASMIY XABAR


Jizzax viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi maʼlum qiladiki, viloyatdagi havo haroratini hisobga olgan holda umumtaʼlim maktablarida 2022-2023 oʻquv yilining III chorak dars mashgʻulotlarini tashkil etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, viloyatda 555 ta umumtaʼlim maktablari mavjud boʻlib, 261 616 nafar oʻquvchilar taʼlim oladi.

Hududlardan olingan tezkor maʼlumotlar asosida joriy yilning  11-yanvar kunidan jami 140 ta maktablarda dars mashgʻulotlarini tashkil etish imkoniyati mavjudligi aniqlanib, faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirildi.

Mazkur taʼlim muassasalarining 14 tasi koʻmir yoqilgʻisi, 122 tasi gaz yoqilgʻisi, 1 tasi suyuq yoqilgʻi, 2 tasi elektr energiyasi va 1 tasir markazlashgan issiqlik tizimi bilan isitiladi.

Bugungi kunda issiqlik tizimini barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha zaruriy chora koʻrildi.

Shuningdek, asosiy umumtaʼlim maktablari viloyatimizning togʻli va olis hududda joylashganligi, havo harorati keskin sovigan vaqtda transportda borish qiyinlashganligi, masofaning uzoqligi sababli 415 ta umumtaʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.


Jizzax viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati.

Report Page