RASMIY MUNOSABAT. MUROJAAT NAZORATGA OLINDI

RASMIY MUNOSABAT. MUROJAAT NAZORATGA OLINDI


Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Oltiariq tumani, "Istiqlol" MFY "Nurli yo'l" ko‘chasidagi elektr simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish yuzasidan kelib tushgan murojaatga asosan, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, mazkur hududning elektr tarmoqlarini yaxshilash borasida tegishli tartibda mutaxassislar ajratilib, ular tomonidan ushbu manzil ta’minoti to‘liq ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda aniqlangan nosozlik va kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Oltiariq tumani, "Istiklol" MFY "Nurli yo'l" ko‘chasidagi murojaatga asosan amalga oshirilgan amaliy ishlar yuzasidan kelgusida batafsil ma’lumot taqdim etamiz.


“Farg‘ona HETK” AJ

matbuot xizmati



Report Page