RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati

Joriy yil 22-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan jamoat transporti faoliyatini erta to‘xtatganligi va bu holat aholining ish faoliyatini yakunlab oilasiga qaytishiga bir oz noqulayliklar keltirayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi.

Jizzax viloyati transport boshqarmasi tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqilganda  ShIAY-4-sonli “Ittifoq mahallasi Kumushkon ko‘chasi” shahar ichi avtobus yo‘nalishida o‘z faoliyatini olib borayotgan “Begali trans servis” MChJga qarashli hamda ShIAY-46-sonli “Zilol mahallasi-Yoyilma mahallasi” shahar ichi avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatayotgan “Jizzaxgazsuvqurilishservis” XFga tegishli avtobuslar muddatidan oldin o‘z faoliyatini to‘xtatganligi aniqlandi.  

Munosabatda ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlardagi qatnovlarning uzilishlarni bartaraf etish, muntazam qatnovlarni amalga oshirish va kelgusida ushbu kamchiliklarni takrorlamaslik yuzasidan korxonalar ma’sul xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Joriy yilning 23-dekabrdan boshlab munosabatda ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlardagi barcha transport vositalari ertalab soat 6-00 dan kech soat 19-30 ga qadar o‘z faoliyatini davom ettiradi.   

Ma’lumot uchun, ShIAY-4-sonli “Ittifoq mahallasi Kumushkon ko‘chasi” shahar ichi avtobus yo‘nalishida “Begali trans servis” MChJga qarashli 12 ta Isuzu rusumli hamda ShIAY-46-sonli “Zilol mahallasi-Yoyilma mahallasi” shahar ichi avtobus yo‘nalishida “Jizzaxgazsuvqurilishservis” XFga qarashli 16 ta Isuzu rusumli avtobuslar xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

 

 


Report Page