RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


9-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Mizdakxon kompleksi” hududida joylashgan Halifa Rajab (Erejep) maqbarasi tarixiy yodgorligi hududida yangi qabrlar uchun yerlar sotilayotganligi haqida xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

2021-yilning oktabr oyida Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining Qoraqalpog’iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi tomonidan “Mizdakxon kompleksi” tarixiy obidalar hududida o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Mizdakxon kompleksi”dan qabriston sifatida foydalanib kelinayotganligi aniqlangan. Ushbu holatni oldini olish va to‘xtatish maqsadida Xo‘jayli tuman hokimligiga boshqarmaning 29-okabrdagi 5/257-sonli xat bilan murojaat qilingan. Xo‘jayli tuman hokimligi tomonidan ushbu madaniy meros obyektiga yangi qabrlarni qurilishini oldini olish maqsadida Xo’jayli tuman obodonlashtirish boshqarmasiga “Mizdakxon kompleksi” tarixiy obidalari hududida qabrlarning joylashtirilishini nazoratga olish vazifasi yuklangan.

Ammo hozirgi vaqtda Xo‘jayli tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ushbu madaniy meros obyekti atrofida yangi qabrlarning joylashtirilishini to‘xtatilishi to‘liq nazoratga olinmagan.

2021-yilning 1-dekabr kuni Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori Tursunali Kuziyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganish ishlari olib borish jarayonida mazkur masala nazoratga olindi. 


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qaror bilan tasdiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 53-bandiga ko‘ra, madaniy meros obyektlari (arxeologik obidalar) va ularning muhofaza zonalari hududi qabriston uchun yer uchastkasi sifatida ajratilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilganligi talablari buzilganligi inobatga olinib, Qoqaqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga mazkur holatni bartaraf qilish uchun qonuniy qonuniy choralar ko‘rilishi so‘ralib murojaat qilingan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasiga madaniy meros obyekti hududini muxofaza qilish va asrashga doir ko‘rsatmalar berildi. 

 


Hozirgi vaqda Qoqaqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi madaniy meros obyektlari (arxeologiya obidalari) va ularning muhofaza zonalari hududi qabriston uchun yer uchastkasi sifatida ajratilishi mumkin emasligi, aks holda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantiradi.


Report Page