RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tumani 23-son maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari tomonidan tashkilot ta’mirtalab ahvolda ekanligi yuzasidan tarqatilgan videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Urganch tumanidagi 23-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Chondirqiyot qishlog‘i “Tadqiqotchilar” MFY da joylashgan bo‘lib, 90 o‘ringa mo‘ljallangan.

  Ushbu bino 1975-yilda qurilgan bo‘lib, keyinchalik maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashtirilgan.

Урганч тумани 23-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘yicha videomurojaatda ko‘rsatilgan pol qismi ta’mirtalab bo‘lgan xona bundan avval (2018-y) bolalar o‘yingohi (yozgi ayvonchalar) bo‘lib, 3-7 yoshli bolalar qamrovini oshirish maqsadida ota-onalar takliflariga binoan devor bilan o‘ralib, guruh yotoqxonasiga moslashtirilgan.

  Pol teshiklarini bartaraf qilish bo‘yicha Urganch tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ishlar olib borilmoqda.

  Urganch tumani “Urganch Dezinfeksiya” MChJ tomonidan yil davomida muntazam ravishda dezinfeksiya va deratizatsiya ishlari olib boriladi.

2018-yilda “Dinara-Saidali” oilaviy korxonasi tomonidan homiylik yo‘li bilan kosmetik ta’mirlangan va kadastr hujjatlarida to‘liq belgilangan.

  Mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2026-yil investitsiya davlat dasturi asosida yangidan 150 o‘ringa mo‘ljallanib, rekonstruksiya qilish bo‘yicha taklif kiritilgan.

 Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining hatti-harakati yuzasidan o‘rganish ishlari davom qilmoqda.


Report Page