RАSMIY MUNOSАBАT

RАSMIY MUNOSАBАT

 

Termiz shahar hokimligi “Surxon ovozi” gazetasining 2021-yil 5-noyabrdagi 6-sonida “Termiz shahri “Manguzar” mahallasi “O‘zbekiston” ko‘chasi Pedagogika institutining yonidan o‘tgan yo‘lga tutashadigan joyni o‘zboshimchalik bilan devor qilib o‘rab olingani, bu fuqarolarga noqulaylik tug‘dirib kelayotgani” borasidagi мурожаат yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Ushbu murojaat yuzasidan Termiz shahar hokimligi, shahar Qurilish boshqarmasi hamda Kadastrlar agentligi Termiz shahar filialining mas’ul mutaxassislari tomonidlan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida Termiz shahar “Manguzar” mahallasi “O‘zbekiston” ko‘chasida yashovchi fuqaro Xakimov Ilxom Sharapovich tomonidan qonuniy tartibda 2019 yilda ushbu joyga qurilgan imorati uchun Termiz tuman kadastr bo‘limi tomonidan mulkiga egalik qilishi bo‘yicha kadastr kitobi qonuniy tartibda rasmiylashtirib berilganligi ma’lum bo’ldi.

Fuqarolar tomonidan so‘ralayotgan joydan yo‘l ochib berish bo‘yicha murojaat noto‘g‘ri talqin etilayotganligi, aslida esa ushbu hududdan xo‘jalik arig‘i o‘tgan bo‘lib, uning muhofaza zonasi fuqaro Xakimov Ilxom Sharapovichga tegishli devor orasidagi masofa 2 metrni tashkil etadi.

Ushbu joydan yo‘l ochib berish shaharsozlik meyoriy-normalariga nomuvofiqdir. Ishchi guruh tomonidan o’rganish jarayonida shu holat aniq bo‘ldiki, “Surxon ovozi” gazetasiga murojaat qilgan fuqarolarning xonadonlariga olib boruvchi avtomobil yo‘li mavjudligini ma’lum qilamiz.

 




Report Page