RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Махлиё Исакова

Ma’lum bo‘lishicha, Bektemir tumani “Nurafshon” mahallasi “Nurafshon” ko‘chasi, 44-uy fuqaro BAXRAM MAXSUDALIEVICh SIDIKOV nomiga rasmiylashtirilgan va o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Hozirda B.Sidikov yuqorida ko‘rsatilgan manzilda doimiy ro‘yxatda turadi. Biroq oila-a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, 2012 yil Rossiya Federatsiyasiga chiqib ketgan hamda vafot etgani ta’kidlab o‘tilgan (lekin o‘lim haqida guvohnoma mavjud emas).

Ma’lumotda keltirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2020 yil 19 avgustdagi 147/18-6-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar, Bektemir, Mirobod va Sergeli tumanlari, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasi bo‘ylab ikki yo‘lli yer usti metropoliteni liniyasi qurilishi munosabati bilan yer maydonida joylashgan ob’ektlar mulkdorlariga o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya to‘liq to‘langanidan so‘ng, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga ruxsat berilgan. Buzilish hududiga tushgan turar va notutar joy binolari mulkdorlariga kompensatsiya berish Toshkent shahar hududiy kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Shu jumladan B.SIDIKOVga tegishli bo‘lgan Bektemir tumani, Nurafshon ko‘chasi, 44-uy hududida joylashgan umumiy yer maydoni 173 kv.m. hamda umumiy maydoni 106,14 kv.metrdan iborat bo‘lgan “Yakka tartibdagi turar joy” bino-inshooti ham buzilishga tushgan bo‘lib, jamiyatning buyurtmasiga asosan “BIZNES MUSTAQIL BAHO” MChJning 2021-yil 19-apreldagi №M04/130-sonli baholash hisobotining ekspertiza xulosasiga ko‘ra 500 686 988 (besh yuz million olti yuz sakson olti ming to‘qqiz yuz sakson sakkiz) so‘mni tashkil qilgan, ammo ushbu qiymatda ko‘rsatilgan pul mablag‘i mulkdor B.Sidikovning oila-azolari tomonidan rad etilgan.

Ushbu mulk, jamiyatning buyurtmasiga asosan “BIZNES MUSTAQIL BAHO” MChJning 2021-yil 07-maydagi №M04/130-sonli qayta baholash hisobotiga ko‘ra 938 858 314,00 (to‘qqiz yuz o‘ttiz sakkiz million sakkiz yuz ellik sakkiz ming uch yuz o‘n to‘rt) so‘m tashkil qilgan.

Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha majmuasi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Nurafshon ko‘chasi 44-uy, bugungi kunda B.SIDIKOVga tegishli ekanligi sababli mulk egasi va tuman hokimligi tomonidan tegishli tartibda kelishuv shartnomalari imzolanganidan so‘ng ko‘rsatilgan kompensatsiya pulini to‘lab berilishini bildirib o‘tgan. 

Shu o‘rinda qo‘shimcha tartibida, qonunchilikka ko‘ra, mulk egasi ma’lum sabablaga ko‘ra o‘z nomidagi uy-joyini tashlab ketganligi, o‘ziga tegishli mulkni notarial idoralar orqali hech kimning nomiga rasmiylashtirib bermagan bo‘lsa, uning oila-a’zolari, qarindoshi yoki tanishlariga kompensatsiya puli to‘lab berilishi mumkin emasligi mazkur ma’lumotnomada ta’kidlab o‘tilgan.

Report Page