RASMIY MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali To‘rtko‘l tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini Zarafshon ko‘chasida yashovchi fuqarodan tushgan video murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
To‘rtko‘l tumani “Do‘stlik” mahallasi Zarafshon ko‘chasidan murojaat qilgan fuqarolarning ko‘chasidagi ichimlik suvi quvuri yorilishi natijasida sizib chiqayotgan suv bartaraf etilib, murojaat ijobiy yechildi.
Shuningdek, murojaatda bildirilgan suv chiqmayotgan boshqa ko‘chalar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, ular ham qisqa muddatda ijobiy yechim topishini ma’lum qilib bildiramiz.
“Qoraqalpog‘iston suv ta’minoti” To‘rtko‘l tumani filiali